Get Mystery Box with random crypto!

PEDIATR👩‍⚕️ONLINE🔵

Telegram kanalining logotibi pediatronline — PEDIATR👩‍⚕️ONLINE🔵 P
Telegram kanalining logotibi pediatronline — PEDIATR👩‍⚕️ONLINE🔵
Kanal manzili: @pediatronline
Toifalar: Sogʻlom
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 10.69K
Kanalning ta’rifi

Pediatr Maftuna Hamidullayevna.
Hurmatli onajonlar siz ushbu kanalda Bolalar salomatligiga tegishli foydali ma'lumotlarga ega bo'lasiz!

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 57

2022-09-02 18:33:16 Бечора болажонлар…

• Бечора болажонлар… Ўз хатоларимиз туфайли сизларни бунчалар жазоламасак!

• Бечора болажонлар... Ўзимизнинг камчиликларни деб сизларга бунчалар зулм қилмасак!

• Бечора болажонлар... Биздан ўрганган нарсаларингиз учун сизларни бунчалар койимасак!

• Бечора болажонлар... Ўзимиз сизлардан ҳам кўпроқ қиладиган ишлар учун сизларни бунчалар маломат қилмасак!

• Бечора болажонлар... Ўзимиз қила олмаган нарсаларни қилдираман деб сизларга бунчалар босим ўтказмасак!

• Бечора болажонлар... Неча марталаб кўзгуни синдириб, ундаги хатоларимизни кўришдан қутулиб қоламиз!

• Бечора болажонлар... Неча марталаб гуноҳларимизни сизларга юклаб қўямиз, шундан кейин ҳам сизлар бизни яхши кўраверасиз, кечираверасиз, раҳм қилаверасиз!!!

@pediatronline
1.9K views𝐌𝐚𝐟𝐭𝐮𝐧𝐚 𝐇𝐚𝐦𝐢𝐝𝐮𝐥𝐥𝐚𝐲𝐞𝐯𝐧𝐚, 15:33
Ochish/sharhlash
2022-09-02 16:01:29
Hozirda urf bo'layotgan biznes yo'nalishi ya'ni Telegramda internet magazin ochib uydan chiqmagan holda pul topishingiz mumkin
Endi siz telegramda bekor o'tirmasdan daromad qilishiz mumkin.
 
CHET EL SAYT VA PROGRAMMALARIDAN  birinchi qo'l tovarlar opkeltirishni  o'rgataman

Bu ish kimlar uchun:
- agarda siz uy bekasi bo'lsangiz eringiz sizga ishlashga ruhsat bermasa ;
- talaba bo'lsangiz bo'sh vaqtingizda foyda qilaman desangiz;
- shunchaki telegramda bekor o'tirib wifi va MB ni bekorga ishlatvotgan bo'sangiz;
- yoki manga o'xshab shunchaki o'ziz uchun oila a'zolaringiz uchun sifatli shopping qilishni yoqtirsangiz

Kursimizni bitirganingizdan so'ng:
Uydan chiqmagan holda bankka bormasdan online visa karta ochish Telegramda internet magazin ochib biznes boshlash
O'zbekistondagi 150 dan ortiq optom guruhlar linki
Gruppa ochib aktiv odam qo'shish
Stiker va logotip yasashlarni o'rganvolasiz

Stop Shunchaki
@Nodira333  ga yozing

Kanalim  https://t.me/Baxtiyarovna_Nbiznes
2.2K views𝐌𝐚𝐟𝐭𝐮𝐧𝐚 𝐇𝐚𝐦𝐢𝐝𝐮𝐥𝐥𝐚𝐲𝐞𝐯𝐧𝐚, 13:01
Ochish/sharhlash
2022-09-02 09:24:30
https://www.instagram.com/p/Ch_nnTXM1py/?igshid=YmMyMTA2M2Y=

ONAJONLAR SIZ UCHUN FOYDALI POST JOYLADIK.
1.8K viewsАйша Отаровна, 06:24
Ochish/sharhlash
2022-09-02 08:52:38 Kunlar sovishi bilan bolalar orasida oʻtkir respirator virusli kasalliklar avj oladi. Bunday paytda koʻpchilik onalar bolani davolashda ayrim hatoliklarga yoʻl qoʻyishadi. Natijada bolaning kasallikdan tuzalishi choʻzilib ketadi, yoki kasallik tez qaytalanadi.
Bugun ana shunday hatolar haqida yozishga qaror qildim

Bolani davolash vaqtida biz onalarning yoʻl qoʻyadigan hatoliklari
.
BOLANI ISSIQ KIYINTIRIB, OʻRAB CHIRMAYMIZ. Qavat qavat kiyingan bolaning terisida havo aylanmaydi. Natijada bola terlashni boshlaydi. Tabiiyki terlagach kiyimlar nam boʻladi. Nam kiyimda yurgan bolani kasalligi avj olaveradi
.
HAVOTIRGA TUSHIB, VAHIMA KOʻTARAMIZ. Bola kasal boʻlgan vaqtda havotirga tushmaslik kerak. Bolani ham "sen kasalsan", "unday qilma", "buni yema", "yotishing kerak" degan keraksiz gaplar bilan choʻchitib, qoʻrqitib qoʻyamiz. Bola ongida "men kasalman" degan fikr aylanishni boshlaydi. Bu esa organizmni kasallik bilan kurashishga toʻsqinlik qiladi. Bola kasal boʻlgan vaqtda eng avvalo biz onalar oʻzimizni qoʻlga olishimiz, ortiqcha xavotirga tushmasdan, farzandimizga "sen kuchlisan", "ertaga albatta tuzalib ketasan", "kasallikni yengasan" deb uni qoʻllashimiz kerak
.
BOLANI ILOJI BORICHA TASHQARIGA OLIB CHIQMASLIKKA HARAKAT QILAMIZ. Bolani sayrga olib chiqmay, issiq va dim havoda olib oʻtirish kasallik otib ketishini qiyinlashtiradi. Chunki issiq hona viruslarga toʻla boʻladi. Bola qancha koʻp toza havoda sayr qilib, nam havodan nafas olsa organizmdagi virus va infeksiyalar shuncha tez tanani tark etadi
.
CHOʻMILTIRMAYMIZ. Kasallik avj olmaslik uchun shamollagan vaqtda bolani choʻmiltirmaslikka urinish ham biz onalar yana bir xatosi. Suv oʻtkir respirator viruslarga qarshi ajoyib vosita hisoblanadi. Bola kasal boʻlgan vaqt bola qancha hohlasa shuncha choʻmiltirish uning tuzalishini shuncha yengillashtiradi.

ISHTAXASI YO’Q PAYTDA MAJBURAN OVQAT YEDIRAMIZ. Organizm kasallangan vaqt uning bor kuchi kasallik viruslarini yengishga qaratilgan bo’ladi. Kasallik paytoda ishtaxaning pasayishi shundan. Kasalik paytida bolaning hohishiga qarshi yeditilgan ovqat uning tuzalaishini 1 qadam orga suradi. Chunki shundoq ham kuchsizlangan organizim kuchini kasalik bilan kurashihsga emas, o’sha majburan yedirilgan ovqatni hazm qilishga sarflaydi. Agar kasallik vaqtida farzandingizni ishtaxasi bo’lmasa va ovqat yeyishni istamasa,uni sayrga olib chiqing, toza havodagi sayr bolaga ijobiy ta’sir qiladi, ishtaxasini ochadi.

BOLANI ISSIQ HONADA OLIB O’TIRAMIZ. Yuqoridabyozilganifek issiq va dim hona kasalik viruslarini ko’payishiga yaxshi sharoyit yaratadi. Nafaqat Bola kasallangan vaqt, boshqa paytlarda ham honani tez tez shamollatib turish kerak. Honani sovub ketishidan cho’chimang. Nam va sovuqroq havo bola organizmida sovuqotishga qarshi “rejim”ni yoqadi. Bu ham bolani tezroq tuzalishiga yordam beradi. Qolaversa shamollatilgan; viruslardan holi havo tezroq isiydi

@pediatronline
1.7K views𝐌𝐚𝐟𝐭𝐮𝐧𝐚 𝐇𝐚𝐦𝐢𝐝𝐮𝐥𝐥𝐚𝐲𝐞𝐯𝐧𝐚, 05:52
Ochish/sharhlash
2022-09-02 08:51:51
Bolalar shamollaganda ularni davolashda qanday xatolarga yoʻl qoʻyiladi?!
1.4K views𝐌𝐚𝐟𝐭𝐮𝐧𝐚 𝐇𝐚𝐦𝐢𝐝𝐮𝐥𝐥𝐚𝐲𝐞𝐯𝐧𝐚, 05:51
Ochish/sharhlash
2022-09-02 08:50:57
ЎЗИНГИЗНИ АСЛО РУҲАН СИНДИРМАНГ!

Нима бўлса ҳам бошингизни мағрур кўтаринг, ўта кучли сабр эгасига айланинг, тишни тишга қўя билинг.
Йўқотишларга тайёр туринг ва кўникинг.
Сизга нохақ қалб азоби ва изтиробини торттирсаларда табассум қила билинг.
Асло ва асло кўз ёшингизни ҳеч кимга кўрсатманг.
Қалб йиғласада юзингиз табассум қилсин, ўзингизни қўлга олинг.
СИЗ ЭНГ КУЧЛИ ИНСОНСИЗ!

Фақат Аллоҳга ва ўзингизга ишонинг!!!

@pediatronline
1.5K views𝐌𝐚𝐟𝐭𝐮𝐧𝐚 𝐇𝐚𝐦𝐢𝐝𝐮𝐥𝐥𝐚𝐲𝐞𝐯𝐧𝐚, 05:50
Ochish/sharhlash
2022-09-02 08:49:16
Чипсы ларнинг зарари

Гидрогенланган ёғлар ва кўп миқдордаги туз танага катта зарар етказади ва қон томирларда "ёмон" холестерин тўпланишига олиб келади.

Чипсларда канцероген модда — глицидамид бўлиб, бу саратонни келтириб чиқариши мумкин.

Бундан ташқари:
• Қандли диабет ривожланиш хавфини оширади
• Қонда холестерин миқдорини оширади
• Метаболизмни бузади
• Эркакларда тестостерон даражасини пасайтиради
• Гастрит, ошқозон яраси ривожланиш эҳтимолини оширади

@pediatronline
1.7K views𝐌𝐚𝐟𝐭𝐮𝐧𝐚 𝐇𝐚𝐦𝐢𝐝𝐮𝐥𝐥𝐚𝐲𝐞𝐯𝐧𝐚, 05:49
Ochish/sharhlash
2022-08-29 13:08:39
#ota_onalar_uchun

Farzandingizni qanday qilib o'qish va o'rganishga undashingiz mumkin?

Aksariyat bolalar yaxshi o‘quvchi bo‘lib tug‘ilmaydi. Maktabda o‘qish va ta’lim haqida gap ketganda, bolaning shaxsiy bilim olishga tayyorligi va uning umumiy kayfiyatida individual shaxsiyati katta rol o‘ynaydi, ammo o‘rganishga ishtiyoqli bolalar ham yaxshi o‘qituvchi qo'liga tushishi kerak.

Eng muhimi, asosiy qobiliyatni va to‘g‘ri motivasiyani olgan har qanday o‘quvchi yaxshi o‘quvchiga aylanishi mumkin.

@pediatronline
2.7K views𝐌𝐚𝐟𝐭𝐮𝐧𝐚 𝐇𝐚𝐦𝐢𝐝𝐮𝐥𝐥𝐚𝐲𝐞𝐯𝐧𝐚, edited  10:08
Ochish/sharhlash
2022-08-29 10:20:18
Bolalarda puls chastotasi va nafas soni yoshga mos normalari

@pediatronline
3.0K views𝐌𝐚𝐟𝐭𝐮𝐧𝐚 𝐇𝐚𝐦𝐢𝐝𝐮𝐥𝐥𝐚𝐲𝐞𝐯𝐧𝐚, 07:20
Ochish/sharhlash
2022-08-28 17:32:12
#tarbiya

Муҳаммад Саъид Бутий роҳимаҳуллоҳ айтадилар:
«Отам Мулла Рамазон роҳимаҳуллоҳ шундай дер эдилар: «Фарзанд гапиришга ҳаракат қила бошлаши билан унга Аллоҳ калимасини ўргатиш керак. Сўнгра калимаи шаҳодатни ёд олдириш керак. Шунда бола бу жумлани тўлиқ айтадиган бўлади. Бешикдан тушиб, ақли кира бошлагач, унга Аллоҳнинг коинотдаги қудратларини, яъни ушбу коинотнинг илоҳи мавжудлигини, ундаги ҳамма ишларни тадбир қилишини, ҳар бир инсон ўша Зотнинг бандаси экани ҳақида сўзлаб бериш керак. Ундан кейин пайғамбарларнинг ҳаёти, хусусан, охирги пайғамбар – Набиййимиз соллаллоҳу алайҳи васалламнинг ҳаёт тарзлари, ота-оналарининг исмлари, туғилган жойлари, Маккадан Мадинага ҳижрат қилганлари, қўйингки, у зотнинг сийратлари ҳақида кўп гапириш керак. Ундан кейин Қуръоннинг аввалидан охиригача ўргата бошлаш керак».
Отам роҳимаҳуллоҳ бу муҳим асосларни фарзандларининг гўдаклик давриданоқ тарғиб қилардилар.

@pediatronline
3.3K views𝐌𝐚𝐟𝐭𝐮𝐧𝐚 𝐇𝐚𝐦𝐢𝐝𝐮𝐥𝐥𝐚𝐲𝐞𝐯𝐧𝐚, 14:32
Ochish/sharhlash