Get Mystery Box with random crypto!

PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)

Telegram kanalining logotibi pediatric_uz — PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN) P
Telegram kanalining logotibi pediatric_uz — PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)
Kanal manzili: @pediatric_uz
Toifalar: Sogʻlom
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 20.03K
Kanalning ta’rifi

Shifokor pediatr va tibbiy bloger Maqsud Muxtorovning "Pediatriya" telegram kanali
Donat uchun: https://tirikchilik.uz/pediatric_uz
Kanaldan ma'lumot olinganda manbasi ko'rsatilsin! Manba ko'rsatilmasa rozi emasmiz!
Reklama👉 @tibbiy_reklama1

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

1


Oxirgi xabar 15

2023-03-28 03:12:50 Yaqinda o‘g‘il farzandli bo‘lgan ota-onalar diqqatiga! Bolangizni ikki moyagi ham yorg‘oqda ekanligiga ishonch hosil qiling!
Kriptorxizm- yashirin moyak kasalligi haqida!


https://telegra.ph/Kriptorxizm-01-08

Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish @Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
642 viewsDoctor Muxtorov, edited  00:12
Ochish/sharhlash
2023-03-26 18:05:19
Bolalarda gidrosele - Moyaklar istisqosi

Moyak atrofidagi tunica vaginalisning visseral va parietal pardalari orasidagi suyuqlik miqdorini ko’payib ketishiga Gidrosele deyiladi. Aslida juda kam miqdorda suyuqlik boladi, bu suyuqlik moyaklarni ba’zi tashqi ta’sirlardan saqlash va bemalol harakatlanishini ta’minlaydi. Suyuqlik bir tarafdan ishlab chiqariladi va bir tarafdan so’riladi shu holatda muvozanatda bo’ladi agar so’rilishni buzilishi ro’y bersa gidrosele rivojlanadi. Bolalar orasida 1% uchraydi.

Faqatgina gidrosele bolsa 2 yoshgacha kutish tavsiya etiladi, juda katta bo’lmagan o’lchamlarda. 2 yoshdan keyin qaytmaganlarini ochiq jarrohlik usulida davolanadi.

Gidroseleni uy sharoitida ham aniqlash mumkin. Telefoningiz fonarini yoqib, yorg‘oqdagi shishsimon hosilaga tutasiz. Agar undan yorug‘lik o‘tsa, demak gidrosele bo‘ladi, xuddi rasmdagidek.

Rasm uchun uzr! Boshqacha qilib ko'rsatishni iloji yo'q!

Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish @Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
3.8K viewsDoctor Muxtorov, 15:05
Ochish/sharhlash
2023-03-26 16:26:36
Chaqaloqlarda kindik churrasi

Kindik churrasi–qorin old devori mushaklari paylarining rivojlanishi va o‘zaro bitishidagi buzilishlari tufayli bitmay qolgan kindik halqasidan charvi yoki ichakning teri ostiga chiqishidir. Kindik halqasi, ya’ni churra darvozasi turli o‘lchamlarda bo‘ladi. Ayrim bolalarda u 1-2 smni, boshqalarda esa 3-4 sm tashkil qiladi. Odatda bu hosilani bola tinchlanganida osonlik bilan barmoqlarimiz orqali qorin bo‘shlig‘iga tushirish imkoniyati mavjud.

Tug‘ruq paytidagi travmalar, ich kelishi va siydik chiqarishdagi qiyinchiliklar, yo‘tal tufayli bola bezovtaligining kuchayishi hisobiga churra o‘lchami kattalashib boradi. Bu esa mavjud klinik belgilar yanada chuqurlashishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Eslatma: Agar bolada qisilgan churra belgilari ya'ni churra qorin bo'shlig'iga to'g'rilanmasa, qusish, meteorizm, qattiq yig'lash kuzatilsa, zudlik bolani shifokor ko'rigiga olib borish zarur!

Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish @Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
4.4K viewsDoctor Muxtorov, edited  13:26
Ochish/sharhlash
2023-03-26 13:27:53 Liqildoq bo‘yicha ko‘p beriladigan savollarga javoblar!

Normada katta liqildoq qachon bitishi kerak?
Katta liqildoq normada 1 yoshgacha bitishi kerak!

Katta liqildoq o‘lchami qancha bo‘ladi?
Katta liqildoq romb shaklida bo‘lib, o‘lchami 2x2sm dan 3x3 smgacha bo‘ladi.

Chaqaloq katta liqildoqni bitib tug‘ulishiga sabab nima?
Homiladorlik paytida ona organizmida Ca ni ko‘p bo‘lishi hisobiga.

Nima uchun katta liqildoq 1 yoshdan keyin ham bitmasligi mumkin?
Bunga asosiy sabab bola organizmidagi Ca yetishmovchiligi.

Yangi tug‘ulgan chaqaloqlarda katta liqildoqning kichik bo‘lishi yoki umuman bo‘lmasligi nimadan dalolat beradi?
Yuqoridagi holat mikrosefaliya yoki kraniostenozdan dalolat berishi mumkin.(Nevropatolog ko‘rigi zarur)

Katta liqildoqning shishib chiqishi yoki unda pulsatsiya(tomir urishi)ning bo‘lishi nimadan dalolat beradi?
Yuqoridagi holat gidrosefaliya, gematoma va intrakranial gipertenziya(cherepnoy davleniya)dan dalolat beradi.

Katta liqildoqning ichiga botib kirishi nimadan dalolat beradi?
Ko‘pincha ich ketishidan keyin rivojlanadigan degidratatsiya(suvsizlanish) borligidan dalolat beradi.

Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish @Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
4.9K viewsDoctor Muxtorov, 10:27
Ochish/sharhlash
2023-03-25 09:57:24
Chaqaloqlarda fiziologik mastopatiya

Chaqaloq ko‘kragining qattiqlashishi yoki dag‘allashishi bo‘lib, onadan o‘tgan ko‘p miqdordagi prolaktinlar hisobiga yuzaga chiqadi. Odatda chaqaloq hayotining 3–4-, uzog‘i bilan 7–8 kunlarida boshlanadi. Keyin dag‘allashish muntazam kamayib boradi. Neonatal davrning oxiriga borib, sut bezlarining hajmi odatdagidek tus oladi. Sut bezlarining kattalashishi doimo simmetrik bo‘ladi. Bez ustidagi teri o‘zgarmaydi. Bolaning umumiy ahvoli va kayfiyati o‘zgarmaydi. Dag‘allashish sut bezidan og‘iz sutiga o‘xshash oq rangli ajralma chiqishi bilan birgalikda kechadi.

Muolaja talab qilinmaydi. Sut bezlarining yallig‘lanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun undan ajralmani siqib chiqarish qat’iyan man etiladi. Bezlar ustidagi teri tozalanadi, muolaja o‘tkaziladigan joy quruq va iliq bo‘lishi kerak.

Dag‘allashish yorqin namoyon bo‘lganda sterillangan kamfora yog‘i bilan kompress qilish mumkin.

Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish @Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
3.4K viewsDoctor Muxtorov, 06:57
Ochish/sharhlash
2023-03-24 16:28:59
Chanoq-son displaziyasi qanday kasallik?

Chanoq-son displaziyasi (grekcha dys – buzilish, plaseo – hosil boʻlish) – tugʻma patologiya boʻlib, son boshchasi chiqishi yoki chala chiqishi bilan asoratlanadi. Boʻgʻimning shakllanmaslik darajasi shunchaki kosmetik jihatdan noqulaylik tugʻdirishi yoki harakatdagi turli xil kamchiliklar bilan namoyon boʻladi.

Chanoq-son boʻgʻimi displaziyasi asoratlari jiddiy oqibatlarga olib kelmasligi uchun patologiyani erta muddatlarda davolash kerak boʻladi, yaʼni bola hayotining birinchi oyidan.

Keyinchalik ogʻriqlar, oqsoqlanish, tez charchab qolish kabi holatlar yuzaga chiqadi. Patologiya UTT tekshiruvi va rentgenografiya usuli bilan tashxislanadi. Davo muolajalari maxsus fiksatorlardan foydalanish va maxsus mashqlar yordamida olib boriladi.

Kanalga ulanish @Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
3.1K viewsDoctor Muxtorov, 13:28
Ochish/sharhlash
2023-03-24 12:43:19
Chaqaloqlarda fiziologik sariqlik(Neonatal sariqlik)

- qondagi yuqori darajali bilirubin hisobiga, teri va ko‘z shilliq qavatlarining sariq rangga bo‘yalishi.

Chaqaloqlarda fetal gemoglobinnni yetuk gemoglobinga almashinish jarayoni ro‘y beradi. Bunda jigar fetal gemoglobindan hosil bo‘lgan bilrubinni bog‘lashga ulgura olmaydi.

Qo‘shimcha belgilari yuqori uyquchanlik va ishtahani pasayishi.

Teridagi sariqlik chaqaloq hayotining 3-4 kunlari yaqqol ko‘zga tashlanadi va sariqlik 7-8 kun saqlanib qoladi.
Chaqaloq organizmidagi ferment sistema to‘liq ishlaganida teri rangi och-pushti holatda saqlanadi.

Bu holat fiziologik - davolash shart emas.

Odatda fiziologik sariqlik bola hayotining 14-kunigacha o‘tib ketishi kerak. Agar shu vaqtgacha sariqlik yo‘qolmasa, bolani pediatr ko‘rigiga olib borish zarur.

Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish @Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
4.5K viewsDoctor Muxtorov, 09:43
Ochish/sharhlash
2023-03-24 12:39:32 Bolalarda tungi enurezni davolashning asosiy turlari:

Tartib: yotishdan oldin qo'rqinchli kitoblarni o'qish va faol o'yinlarni kamaytirish. Zo'ravonlik elementlari bo'lgan filmlar va kompyuter o'yinlari ham bolaning hali ham zaif ruhiyatiga salbiy ta'sir qiladi.

Parhez: oxirgi ovqat 18.00 gacha tavsiya etiladi. Uyqudan oldin ko'p suyuqlik ichmaslik kerak, peshob haydovchi vositalarni chiqarib tashlash zarur: sut, sharbatlar, choy, kofe, bodring, tarvuz.

Mashq: tos suyagi mushaklarini kuchaytirishga qaratilgan. Suzish, velosiped haydash siydik chiqarishda qatnashadigan orqa, toz va bel mushaklarini kuchaytiradi. Agar bola hali besh yoshga to'lmagan bo'lsa, yotoqda tunda siyish haftada ikki martadan ko'p bo'lsa, u holda davolanish tushuntirishli xotirjam suhbat ko'rinishida bajarilishi mumkin. (Bu o'yin shaklida bo'lishi mumkin). Kattaroq bolalarni (5-8 yosh) tunda uyg'otish mumkin. Davolashning kalendar usulini qo'llang. Agar bir oydan keyin yaxshilanish bo'lmasa, usulni bekor qiling yoki muvaffaqiyatli bo'lsa davom eting. Taglik ishlatmang.

Qovuqni tayyorlash usuli. Siydik chiqarish istagini iloji boricha uzoqroq ushlab turishdir. Bola kun davomida xojatga kamroq borishga harakat qiladi. Yetti yoshdan boshlab ushbu usul tavsiya etiladi, samaradorlik -50%.

Kalendar usuli. O'yinga o'xshab o'tkaziladi. Bolada taqvim o'rnatiladi, u yerda "quruq tunlar" va "nam ko'rpa" kunlari belgilanadi. "Quruq tun" uchun rag'batlantiruvchi sovrin (konfet, hayvonot bog'iga sayohat) yoki ball beriladi. Usulning samaradorligi 25-35% ni tashkil qiladi.

Kanalga ulanish @Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
4.0K viewsDoctor Muxtorov, 09:39
Ochish/sharhlash
2023-03-23 15:02:47
Bolalarda D vitamini yetishmovchiligi yoki raxitning boshlang‘ich davrini qanday aniqlash mumkin?

Dastlab bola hayotining 2-3 oyligida nerv tizimi tomonidan quyidagi klinik belgilar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi:
-bezovtalik
-qo‘zgaluvchanlik
-uyqu buzilishi(uyquning yuzaki bo‘lishi yoki kam uxlashi)


Keyinchalik bolada ishtahaning pasayishi, baland tovushdan cho‘chish, birdan yorug‘lik tushganda seskanish holatlari yuzaga keladi.

Bola ko‘p terlaydigan bo‘ladi(kaftlar, oyoq kaftlari, tanada), ayniqsa boshning sochli qismida ko‘proq kuzatiladi. Ajralgan ter nordon hidli bo‘ladi, u terini zararlaydi va qichishish keltirib chiqaradi. Oqibatda bola boshini yostiqqa ishqalaydi, ensa sohasidagi sochlari to‘kiladi.

Terida issiqlik toshmalari paydo bo‘ladi.Bolada liqildoqlarni bekilishi va tishlarini chiqishi kechikadi.

Yuqoridagi belgilar paydo bo‘lishi bilan bolani pediatr ko‘rigiga olib boring.

Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish @Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
6.3K viewsDoctor Muxtorov, 12:02
Ochish/sharhlash
2023-03-23 14:37:02 Yana qaysi kasalliklar haqida ma'lumot olishni xohlaysiz? Fikrlaringizni kommentda yozib qoldiring!
5.4K viewsDoctor Muxtorov, edited  11:37
Ochish/sharhlash