2021-02-13 18:40:23
Bobur dardi
Kõzimda yarqirar dildagi ğamlar,
Kõksimni ezadi azob,alamlar,
Nahotki boshimda shuncha sitamlar?!
Qalbni betiğ tilar eldan judolik,
Oh,netay,õlimdir vatangadolik!
Yelkamdagi zarrin choponmas,tuhmat,
Boshimga toj emas,kiydim malomat,
Dunyo topdim,topolmadim halovat,
Qalbni betiğ tilar eldan judolik,
Oh,netay,õlimdir vatangadolik!
Bu zamin toshidan,toğigacha yot,
Men uchun begona Hinddagi hayot,
Doim hamrohimdir sabr va sabot,
Qalbni betiğ tilar eldan judolik,
Oh,netay,õlimdir vatangadolik!
Ostimdagi dardmi yoxud oltin taxt,
Vatanda bõlmoqlik ekan buyuk baxt,
Tuproğidan keltir, ey samo, bir kaft,
Qalbni betiğ tilar eldan judolik,
Oh,netay, õlimdir vatangadolik!
Tingladingiz Boburning hasrat-fiğonin,
Ona tuproq qadri qanday bõlmoğin,
Shoh,shoir dilidan dardli ash'orin,
Qalbni betiğ tilar eldan judolik,
Hech boshga tushmasin vatangadolik!
Mohinur Shodmonova
8-maktabning ona tili õqituvchisi
"Oʻqituvchilar uchun" kanaliga ulaning!
@pedagoglarga
https://t.me/joinchat/AAAAAEIJCsXstHHOG_sL1А
10.7K viewsedited 15:40