Get Mystery Box with random crypto!

Pedagoglar

Telegram kanalining logotibi pedagoglar_uz — Pedagoglar P
Telegram kanalining logotibi pedagoglar_uz — Pedagoglar
Kanal manzili: @pedagoglar_uz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 13.79K
Kanalning ta’rifi

Pedagoglar uchun maxsus kanal!
Taʼlimga oid eng soʻngi kerakli ma'lumotlar va yangiliklar
Reklama 👉 @reklamaedu

Ratings & Reviews

5.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2022-08-18 10:45:03 Ixtisoslashtirilgan maktablar imtihoni natijalari e'lon qilindi!!

O'quvchilarga natijalari SMS xabarnoma shaklida kelishni boshladi. Natijalarni ariza.piima.uz platformasida shaxsiy kabinetga kirish yoki @piima_natijabot boti orqali ham ko'rish imkoniyati mavjud.

Pedagoglar kanaliga obuna boʻling

https://t.me/+SEjhuG-0kd7dL2wl
4.9K views07:45
Ochish/sharhlash
2022-08-18 09:11:51 O'qituvchilar endi kalendar yili davomida emas faqatgina «1 oktabr — O'qituvchi va murabbiylar kuni» munosabati bilan mukofot puli oladi

Ma'lumki, pedagog xodimlar umumta'lim muassasasini rivojlantirishga qo'shgan shaxsiy hissasi va o'z faoliyatida yuqori ko'rsatkichlarga erishganligi uchun hamda respublikamizda nishonlanadigan bayram sanalari munosabati bilan ularga kalendar yili davomida jami ikki lavozim maoshigacha miqdorda mukofot puli to'lash yo'li bilan moddiy rag'batlantirilishi, bu yiliga bir necha marotaba amalga oshirilishi mumkin edi.

Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 2 avgustdagi 425-sonli qarori bilan ushbu tartibga cheklov o'rnatildi. Yangi tartibga ko'ra umumta'lim muassasalari xodimlari, shu jumladan rahbar xodimlari faqatgina «1 oktabr — O'qituvchi va murabbiylar kuni» munosabati bilan mehnatga haq to'lashning eng kam miqdorining 50 foizigacha (hozirgi vaqtda 460 ming so'm) miqdorida mukofotlanishi mumkin.

Eski amaliyot bo'yicha ta'lim muassasalaridagi o'qituvchilar ko'rsatgan natijalariga qarab kalendar yili davomida navbatma-navbat lavozim maoshining 100 foizigacha miqdorda pul mukofoti bilan rag'batlantirilardi. Bu orqali bir maktabdan eng kamida 70-80 foiz o'qituvchi-xodimlar mukofotlanardi. O'qituvchilar tilida bu “13-oylik” nomini ham olgan.

Endi o'qituvchilar bunday tartibda rag'batlanitirilmaydi. Buning o'rniga o'quvchilari yuqori natijalarga erishgan hamda o'z ustida doimiy ishlaydigan, o'zining o'qitish uslubi va xalq orasida obro'-e'tiborga ega bo'lgan faol o'qituvchilar ustama, ilg'or xodimlar esa bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Bir martalik pul mukofoti oladigan ilg'or xodimlar ro'yxati Xalq ta'limi vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
: Xalq ta'limi info

Pedagoglar kanaliga obuna boʻling

https://t.me/+SEjhuG-0kd7dL2wl
6.2K views06:11
Ochish/sharhlash
2022-08-17 15:05:51
OʻQITUVCHI va BOY AKA

Oxirigacha eshiting, ketgan vaqtga umuman achinmaysiz

Pedagoglar kanaliga obuna boʻling

https://t.me/+SEjhuG-0kd7dL2wl
6.5K views12:05
Ochish/sharhlash
2022-07-09 05:56:26 Assalomu alaykum aziz Ustozlar!

Barchangizni Iyd Qurbon Xayiti bilan chin dildan muborakbod etamiz!

Xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, dasturxonlaringizga qut-baraka, qalblaringizga mustahkam iymon, boshlagan ishlaringizga rivoj bersin.

Yurtimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi yoʻlidagi samarali mehnatlaringiz hamda barkamol avlodni voyaga yetkazish yoʻlida olib borilayotgan barcha xayrli ishlaringizda Yaratganning oʻzi madadkor boʻlishini soʻrab qolamiz.

Yurtimiz osmoni hamisha musaffo boʻlsin!

Kelgusi bayramlarda yana bir birimizni bayram bilan tabriklashlik nasib etsin.

Pedagoglar kanaliga obuna boʻling

https://t.me/+SEjhuG-0kd7dL2wl
1.9K views02:56
Ochish/sharhlash
2022-07-08 18:47:30 ​​ ​​Oʻrta maxsus ma’lumotli oʻqituvchilar uchun 1000 ta maqsadli qabul parametrlari tasdiqlandi

Xalq ta’limi tizimida faoliyat olib borayotgan, biroq oliy ma’lumotga ega boʻlmagan oʻqituvchilar uchun oliy ma’lumotli boʻlish imkoniyati paydo boʻldi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi ma’lum qildi.

Oʻzbekiston Respublikasi davlat oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish boʻyicha Davlat komissiyasining 2022-yil 2-iyuldagi majlis bayoniga asosan oliy ma’lumotga ega boʻlmagan oʻqituvchilar uchun toʻlov-kontrakt asosida sirtqi ta’lim shakli boʻyicha alohida 1000 ta maqsadli qabul parametrlari tasdiqlandi.

Bu oʻrinlarga umumta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan, oliy pedagogik ma’lumotga ega boʻlmagan hamda kamida 5-yil pedagoglik stajiga ega boʻlgan oʻqituvchilar da’vogarlik qilishi mumkin.

Buning uchun oliy ta’limga ega boʻlmagan, maqsadli qabul parametrlardagi joylarga da’vogar oʻqituvchilar ilovadagi OTM yoʻnalishlariga barcha abituriyentlar qatori 20-iyulga qadar tegishli tartibda Davlat test markazi portalida roʻyxatdan oʻtishlari kerak.

Oliy ta’limga ega boʻlmagan da’vogar oʻqituvchilar oʻrnatilgan tartibda kirish imtihonlarida ishtirok etadi va asosiy kvotaga kira olmagan taqdirda maqsadli qabul parametrlari doirasida ballar ketma-ketligida oʻqishga tavsiya qilinadi.

Pedagoglar kanaliga obuna boʻling

https://t.me/+SEjhuG-0kd7dL2wl
2.5K views15:47
Ochish/sharhlash
2022-07-08 12:59:02
INGEK siz aziz yoshlarni o'qishga taklif etadi.
GRUZIYA
TURKIYA
QOZOG'ISTON
UKRAINA

Davlatlarining eng nufuzli oliygohlariga Bakalavriat, Magistratura va Doktaranturaga

30 dan ortiq oliygoh 500 ga yaqin yo'nalish va fakultetlar jumladan:

- TIBBIYOT
- FARMASEVTIKA
- JURNALISTIKA
- JAHON HUQUQSHUNOSLIGI
- JAHON IQTISODIYOTI
- FUQOROLIK AVIATSIYA
- TURIZM VA BIZNES
- BOJXONA ISHI va 500 ga yaqin mutaxassisliklar sizni kutmoqda.
Xamda darsdan keyin ishlash imkoniyati sizdi kutmoqda shoshiling joylar Soni cheklangan!

Talim tizimi kunduzgi, sirtqi va online.
Bizning ofisimizga tashrif buyuring va barcha ma'lumotga ega bo'ling.

Manzilimiz:
Samarqand Sh
+998913189296 |
+998915319692 |

https://t.me/guzal_INGEK

Instagram: ukrainada.talimolish
1.7K views09:59
Ochish/sharhlash
2022-07-08 08:12:07 O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA'LIMI VAZIRINING
BUYRUG'I
Umumtа'lim maktablarida o'quvchilar bilimini baholash jarayonini
raqamlashtirish vа ta'lim jarayonida shaffoflikni ta'minlash to‘g'risida

Pedagoglar kanaliga obuna boʻling

https://t.me/+SEjhuG-0kd7dL2wl
2.1K views05:12
Ochish/sharhlash
2022-07-07 18:30:37
Таътилда ҳамкасбларингиз сиздан ўзиб кетишмоқда!

"Қандай қилиб" - дейсизми? қуйидаги муаммоларга жавоб бера олсангиз етарли:

— Зерикарли синф муҳитини ВАРК модели орқали тизимлаштиришни биласизми?
Шовқинли синфни тинчлантиришнинг топ 10 та осон усулидан фойдаланганмисиз?
Жигсав методи орқали қолоқ ўқувчини аълочига айлантиришничи?

Агарда жавобингиз «йўқ» бўлса, «Kreativ Pedagog» лойиҳаси орқали билиб олинг ва биз билан бирга креатив фикрлаган ҳолда ўз соҳангизни лидери бўлинг!

Бунинг учун ҳозироқ кўк ёзув устига босинг:

https://t.me/joinchat/kTdIhMw8o3IyNGUy
1.6K views15:30
Ochish/sharhlash
2022-07-06 13:32:56
Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga kirish test sinovlari qayerda o'tkazilishi ma'lum qilindi

Davlat test markazi rasmiy manbasiga ko'ra, davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat komissiyasining 1-son bayoni tasdiqlandi.

Unda 2022-2023-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish uchun kirish test sinovlari stadion va xiyobonlarda o‘tkazilishi belgilandi.

Pedagoglar kanaliga obuna boʻling

https://t.me/+SEjhuG-0kd7dL2wl
7.3K views10:32
Ochish/sharhlash
2022-07-05 16:40:10
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha malaka oshirish instituti tashkil etiladi

Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, Jismoniy tarbiya va spot bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taʼminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutiga aylantiriladi.

Pedagoglar kanaliga obuna boʻling

https://t.me/+SEjhuG-0kd7dL2wl
2.6K views13:40
Ochish/sharhlash