Get Mystery Box with random crypto!

O'qituvchilar endi kalendar yili davomida emas faqatgina «1 ok | Pedagoglar

O'qituvchilar endi kalendar yili davomida emas faqatgina «1 oktabr — O'qituvchi va murabbiylar kuni» munosabati bilan mukofot puli oladi

Ma'lumki, pedagog xodimlar umumta'lim muassasasini rivojlantirishga qo'shgan shaxsiy hissasi va o'z faoliyatida yuqori ko'rsatkichlarga erishganligi uchun hamda respublikamizda nishonlanadigan bayram sanalari munosabati bilan ularga kalendar yili davomida jami ikki lavozim maoshigacha miqdorda mukofot puli to'lash yo'li bilan moddiy rag'batlantirilishi, bu yiliga bir necha marotaba amalga oshirilishi mumkin edi.

Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 2 avgustdagi 425-sonli qarori bilan ushbu tartibga cheklov o'rnatildi. Yangi tartibga ko'ra umumta'lim muassasalari xodimlari, shu jumladan rahbar xodimlari faqatgina «1 oktabr — O'qituvchi va murabbiylar kuni» munosabati bilan mehnatga haq to'lashning eng kam miqdorining 50 foizigacha (hozirgi vaqtda 460 ming so'm) miqdorida mukofotlanishi mumkin.

Eski amaliyot bo'yicha ta'lim muassasalaridagi o'qituvchilar ko'rsatgan natijalariga qarab kalendar yili davomida navbatma-navbat lavozim maoshining 100 foizigacha miqdorda pul mukofoti bilan rag'batlantirilardi. Bu orqali bir maktabdan eng kamida 70-80 foiz o'qituvchi-xodimlar mukofotlanardi. O'qituvchilar tilida bu “13-oylik” nomini ham olgan.

Endi o'qituvchilar bunday tartibda rag'batlanitirilmaydi. Buning o'rniga o'quvchilari yuqori natijalarga erishgan hamda o'z ustida doimiy ishlaydigan, o'zining o'qitish uslubi va xalq orasida obro'-e'tiborga ega bo'lgan faol o'qituvchilar ustama, ilg'or xodimlar esa bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Bir martalik pul mukofoti oladigan ilg'or xodimlar ro'yxati Xalq ta'limi vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
: Xalq ta'limi info

Pedagoglar kanaliga obuna boʻling

https://t.me/+SEjhuG-0kd7dL2wl