Get Mystery Box with random crypto!

​​ ​​Oʻrta maxsus ma’lumotli oʻqituvchilar uchun 1000 ta maqsa | Pedagoglar

​​ ​​Oʻrta maxsus ma’lumotli oʻqituvchilar uchun 1000 ta maqsadli qabul parametrlari tasdiqlandi

Xalq ta’limi tizimida faoliyat olib borayotgan, biroq oliy ma’lumotga ega boʻlmagan oʻqituvchilar uchun oliy ma’lumotli boʻlish imkoniyati paydo boʻldi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi ma’lum qildi.

Oʻzbekiston Respublikasi davlat oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish boʻyicha Davlat komissiyasining 2022-yil 2-iyuldagi majlis bayoniga asosan oliy ma’lumotga ega boʻlmagan oʻqituvchilar uchun toʻlov-kontrakt asosida sirtqi ta’lim shakli boʻyicha alohida 1000 ta maqsadli qabul parametrlari tasdiqlandi.

Bu oʻrinlarga umumta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan, oliy pedagogik ma’lumotga ega boʻlmagan hamda kamida 5-yil pedagoglik stajiga ega boʻlgan oʻqituvchilar da’vogarlik qilishi mumkin.

Buning uchun oliy ta’limga ega boʻlmagan, maqsadli qabul parametrlardagi joylarga da’vogar oʻqituvchilar ilovadagi OTM yoʻnalishlariga barcha abituriyentlar qatori 20-iyulga qadar tegishli tartibda Davlat test markazi portalida roʻyxatdan oʻtishlari kerak.

Oliy ta’limga ega boʻlmagan da’vogar oʻqituvchilar oʻrnatilgan tartibda kirish imtihonlarida ishtirok etadi va asosiy kvotaga kira olmagan taqdirda maqsadli qabul parametrlari doirasida ballar ketma-ketligida oʻqishga tavsiya qilinadi.

Pedagoglar kanaliga obuna boʻling

https://t.me/+SEjhuG-0kd7dL2wl