Get Mystery Box with random crypto!

PEDAGOGLAR

Telegram kanalining logotibi pedagog — PEDAGOGLAR P
Telegram kanalining logotibi pedagog — PEDAGOGLAR
Kanal manzili: @pedagog
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 13.30K
Kanalning ta’rifi

Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir
Admin 👉 @Azamjon9090
Info @PedagoglarUzBot

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 6

2023-03-30 06:54:31 5 млн сўмлик вазир устамасини олиши мумкин бўлган педагоглар рўйхати тасдиқланди

Айни дамда вазир жамғармаси 2-босқичидан муваффақиятли ўтган педагоглар сони 1697 нафарни ташкил этган.

Энди, ана шу рўйхатдаги педагог ходимлар 9 ой мобайнида 5 млн сўмдан ортиқ бўлган қўшимча маблағни ҳар ой оладилар.

Каналимизга аъзо бўлинг ва барча янгиликлар билан биринчилардан бўлиб танишинг!


https://telegram.me/joinchat/AAAAAEPLryl8ixnJdIatOQ
5.7K viewsedited  03:54
Ochish/sharhlash
2023-03-28 17:17:39 Prezident 1-apreldan pensiya va nafaqalar miqdorini, 1-maydan boshlab esa byudjet tashkilotlar oylik maoshlarini oshirish toʻgʻrisidagi Farmonni imzoladi.

Kanalga ulanish
https://t.me/ustozlar
6.2K views14:17
Ochish/sharhlash
2023-03-28 11:36:41 «Кундалик» платформада баҳоларни ҳисобга олиш ўзгармади. Kundalik.com расмий баёноти

Kundalik.com ташкилотининг расмий хабарига кўра, “Кундалик” платформасида баҳоларни ҳисобга олиш ўзгармади. Тарқалган хабарлар ҳақиқатга тўғри келмайди.

Тармоқда “Кундалик”да баҳоларни таҳрирлашнинг иложи йўқлиги ҳақида маълумот тарқалди. Бу маълумот ҳақиқатга тўғри келмайди.

Ўзбекистон Республикаси Халқ таълими вазирининг “Умумтаълим мактабларида ўқувчилар билимини баҳолаш жараёнини рақамлаштириш ва таълим жараёнида шаффофликни таъминлаш тўғрисида”да 2022 йил 24 июндаги 205-сон буйруғи асосида ўтган йили ҳам “Кундалик” тизимида баҳоларни таҳрирлаш чекловлари қайд этилган эди. 

Техник томондан, “Кундалик” платформасида баҳоларни ҳисобга олиш ўзгармади

Мониторинг тизими, агар дарсдан сўнг “Журналлар” бўлимида ўқитувчи белгиланган муддатларда дарсда қатнашган ўқувчилар умумий сонининг 30 фоизини баҳоласа, ва дарс саҳифасига “Дарс ўтказилди” белгисини қўйган бўлса, дарс ўтказилган деб ҳисобланади. 

Дарс ўтилган кундан бошлаб 72 соатдан кейин баҳоларни таҳрирлашни тақиқлаш ММТВ сўровига биноан ишлаб чиқилмоқда. Фойдаланувчилар янгилик ҳақида қўшимча равишда хабардор қилинади. 

Ойлик ҳисоблаш учун бот

Ўқитувчи каналига обуна бўлинг
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEPLryl8ixnJdIatOQ
6.5K views08:36
Ochish/sharhlash
2023-03-28 10:14:26 PAPKAGA TIKISHGA TOIFADAN O'TADIGAN USTOZLARGA YANGI NIZOM ASOSIDA

1 SOATLIK OCHIQ DARS

KO'RGAZMALI MUKAMMAL SLAYD

METODIK TAVSIYA

MAQOLA

SIFAT 100% KAFOLATLANGAN
Ishonch telefonlari

+998972146699
+998996003810
4.4K views07:14
Ochish/sharhlash
2023-03-26 10:21:05 «Kundalik» электрон синф журналини 3 кун ичида ўзгартириш ва тўлдиришга рухсат этилади

Вазирлик томонидан берилган кўрсатмаларнинг 12-бандига кўра,
Kundalik.com'даги баҳолар онлайн ва офлайн шаклда киритиб борилади. Онлайн тартибда киритилган баҳолар «Ўзгаришлар тарихи» бўлимида кузатиб борилади ва 72 соат (3 кун) ичида ўзгартириш (тўлдириш)га рухсат этилади.

Бошқа ҳолатларда эса мактабгача ва мактаб таълими ҳудудий бўлинмаларига расмий хат билан мурожаат қилинади. (#)

Ойлик ҳисоблаш учун бот

Ўқитувчи каналига обуна бўлинг
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEPLryl8ixnJdIatOQ
7.7K viewsedited  07:21
Ochish/sharhlash
2023-03-23 17:20:33
Рўза тутганлар учун Соғлиқни сақлаш вазирлигининг 5 та тавсияси:

1. Ифторликда бир стакан сув ичгандан бир неча дақиқа кутиб овқатланиш;
2. Асосий овқатдан олдин салат тановвул қилиш;
3. Овқатни секин ва шошмасдан ейиш керак;
4. Овқатдан сўнг дарҳол ширинлик истеъмол қилиш тавсия этилмайди, овқат ҳазм қилишни қийинлаштиради;
5. Ифторлик ва саҳарлик оралиғида 1,5-2 литр сув ичиш тавсия этилади.

Kanalga obuna bo'lish:
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEPLryl8ixnJdIatOQ
8.8K views14:20
Ochish/sharhlash
2023-03-23 17:18:18 Oʼqituvchilarga ovoz yigʼish uchun majburiy topshiriq berilayotgani toʼgʼrisidagi xabarlar vazirlik tomonidan jiddiy oʼrganilmoqda

Maʼlumki, 2021-yilda tajriba tariqasida boshlangan “Tashabbusli byudjet” loyihasi oʼtgan 2 yil davomida xalqimiz tomonidan iliq qabul qilindi. Bugungi kunda yurtdoshlarimiz oʼz hududidagi hal etilishi lozim boʼlgan qator masalalarni “Open budget” portaliga joylab, ovoz yigʼish orqali ushbu tashabbusda gʼolib boʼlish uchun harakat qilishmoqda.

Ushbu portalga joylanayotgan ijtimoiy loyihalar orasida maktabgacha va maktab taʼlimi muassasalarini taʼmirlash ishlari ham yetakchilik qiladi. Аlbatta, ushbu jarayonda oʼqituvchilar, oʼquvchilar hatto ota-onalar ham tashabbus koʼrsatib, oʼzlari mehnat qilayotgan, taʼlim olayotgan yoki farzandlari tahsil olayotgan taʼlim dargohini obod qilish uchun ovoz berishda shaxsiy tashabbus koʼrsatmoqda.

Biroq ijtimoiy tarmoqlar orqali joylarda baʼzi oʼqituvchilarga ushbu loyihada ovoz yigʼish uchun majburiy topshiriq berilayotgani, topshiriqni bajarishga beeʼtibor qarayotgan oʼqituvchilarga kerakli chora koʼrish bilan tahdid qilinayotganligi toʼgʼrisida xabarlar tarqalib, ular Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan jiddiy oʼrganilmoqda.

Ayni vaqtda “Vazirga murojaat” portaliga oʼqituvchilardan ushbu mazmundagi murojaatlar kelib tushmagan.

Shuni alohida taʼkidlash lozimki, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-avgustdagi tegishli qaroriga koʼra, pedagoglarni xizmat majburiyati bilan bogʼliq boʼlmagan ishlarga jalb qilish taqiqlanadi.

Hurmatli oʼqituvchilar, maktabgacha va maktab taʼlimi muassasalari xodimlari!

Аgar sizning taʼlim maskaningizda oʼqituvchilarni ushbu loyiha doirasida majburiy ovoz yigʼishga jalb etish holatlari kuzatilsa, vazirlikning Ishonch telefoni 71-202-09-09 ga qoʼngʼiroq qilishingizni soʼraymiz. Sizning murojaatingiz asosida ushbu yoʼnalishda qonun buzilish holati aniqlansa, tegishli masʼul xodimlarga zarur taʼsir choralari koʼriladi.

“Tashabbusli byudjet” loyihasi faqat tashabbusga asoslanadi, bunda hech kimni majburlashga yoʼl qoʼyilmaydi!

Maʼlumot uchun shuni ham qo'shimcha qilishni joiz deb topdim, yaqinda Oliy Majlis Senati tomonidan “Pedagog xodimlarning xizmat vazifalarini bajarishiga toʼsqinlik qilganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi munosabati bilan Oʼzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda Oʼzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksiga qoʼshimcha va oʼzgartishlar kiritish haqida”gi Qonun maʼqullandi.

Unda oʼqituvchilarni majburiy mehnatga jalb etganlik uchun jinoiy javobgarlikkacha boʼlgan jazo nazarda tutilmoqda. Yaʼni pedagog xodimni mehnatga maʼmuriy tarzda majburlaganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yohud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanishi belgilanmoqda.

Shuningdek, pedagog xodimlarni mehnatga maʼmuriy tarzda majburlaganlik uchun maʼmuriy jazo qoʼllanilganidan keyin xuddi shunday qilmishni takroran sodir etganlik uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutuvchi norma Jinoyat kodeksiga kiritilmoqda.

Shunday ekan, oʼqituvchilarimizning kasbiy huquqlari Davlatimiz nazoratida ekanligini, ularni majburiy mehnatga jalb qilishga yo'l qo'yilmasligini unutmasligingizni so'raymiz.

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri

Kanalga ulanish
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEPLryl8ixnJdIatOQ
7.0K views14:18
Ochish/sharhlash
2023-03-23 15:20:33 Hukumat qarori bilan majburiy attestasiyaga jalb etilmaydigan pedagog kadrlar ro‘yxati kengaytirildi, bu nimani anglatadi?

Hukumat qarori (120-son, 23.03.2023 y.) ga ko‘ra, 2023-yil 1-apreldan pedagogik faoliyat bo‘yicha 25 yil va undan ko‘p ish stajiga ega pedagoglar hamda yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5 yildan ko‘p bo‘lmagan muddat qolgan pedagoglar majburiy attestasiyaga jalb etilmaydi.

Endi ushbu pedagoglarning amaldagi malaka toifalari (lavozimlari) saqlanib qolinib, ularga taʼlim tashkilotlarida ishlagan davrida mazkur malaka toifasi (lavozimi) boʻyicha haq toʻlanadi.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 7-bandiga ko‘ra, ular faqat oʻz xohishlariga koʻra navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtishlari mumkin.

Oʻz xohishiga koʻra navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashib, attestatsiyadan oʻta olmagan taqdirda malaka toifasi (lavozimi) tushirilmaydi hamda amalda boʻlgan malaka toifasi (lavozimi) boʻyicha haq toʻlanadi.

Kanalga ulanish
https://t.me/ustozlar
7.1K views12:20
Ochish/sharhlash
2023-03-23 15:03:08 Majburiy attestasiyaga jalb etilmaydigan pedagog kadrlar ro‘yxati kengaytirildi

"Ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestasiyadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Hukumat qarori (120-son, 23.03.2023 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2023-yil 1-apreldan quyidagilar majburiy attestasiyaga jalb etilmaydi:

pedagogik faoliyat bo‘yicha 25 yil va undan ko‘p ish stajiga ega pedagog xodimlar;

yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5 yildan ko‘p bo‘lmagan muddat qolgan pedagog xodimlar.

Kanalga ulanish
https://t.me/ustozlar
5.6K views12:03
Ochish/sharhlash
2023-03-22 19:45:47 Эртага барча учун иш куни

Бугун Наврўз байрами муносабати билан берилган кетма-кет 4 ва 5 кунлик дам кунлари тугайди.

Маълумот учун, жорий ҳафтадаги шанба куни ҳафтасига 5 кун ишловчилар учун иш ҳисобланади. Чунки улар айни шу кун ҳисобидан бугун (22 март) дам олишди.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAEPLryl8ixnJdIatOQ
6.1K views16:45
Ochish/sharhlash