Get Mystery Box with random crypto!

​​Shayboniylar hukmronligi amalda 1598-yilda Abdullaxonning o’ | Ostonov Minbari

​​Shayboniylar hukmronligi amalda 1598-yilda Abdullaxonning o’g’li Abdulmo’min vafotidan keyin rasman nihoyasiga yetadi. Pirmuhammad esa xon sifatida tan olinmaydi. Shu sababli ham Buxoro ulamolari Jonimuhammadga taxtni egallashni taklif qiladi. Jonimuhammad esa Chingiz oilasidan bo’lsa ham, bu taklifni qabul qilmaydi. Sababi, u hukmronlik Shayboniylar qo’lida qolishi kerak deb hisoblar edi. Shu sababli ham Abdullaxonning jiyani bo’lgan o’g’li Dinmuhammad foydasiga taxtdan voz kechadi. Ammo Dinmuhammad Xurosonda Safaviylar (Qarayitlar) bilan jangda halok bo’ladi. Taxtga esa yuqorida tilga olganimiz Boqimuhammad ega chiqadi.

Boqimuhammad 1605-yilgacha hukmronlik qildi. Davlatda harbiy va pul islohotlari o’tkazdi. O’z nomi hamda to’rtta xalifa nomida tangalar zarb qildirdi. Uning vafotidan keyin esa taxtga Balx hokimi ukasi Valimuhammadxon o’tirdi.

Balx Buxoroning eng muhim shaharlaridan biri edi. Xususan, bir paytlar Movarounnahrdagi Shayboniylar markazi ham edi. Bu davrga kelib esa Buxoroning janubiy chegarasidagi eng muhim shahar edi. U shahar egallansa Buxoroga yo’l ochilar edi. Shu sababli ham Balxga hokim qilib odatda xonadon vakillariga topshirilgan. Xususan, Valimuhammad ham Boqimuhammadning ukasi edi. Balx uzoq vaqt davomida Buxoro, Eron va Afg’oniston o’rtasidagi asosiy to’qnashuv nuqtasi bo’lib keldi. 1850-yilga kelib esa shahar Afg’oniston davlatiga qo’shib olindi.

@ostonovminbari