Get Mystery Box with random crypto!

ONA TILI TEZKOR | SULOLA_EDU

Telegram kanalining logotibi ona_tili_tezkor — ONA TILI TEZKOR | SULOLA_EDU O
Telegram kanalining logotibi ona_tili_tezkor — ONA TILI TEZKOR | SULOLA_EDU
Kanal manzili: @ona_tili_tezkor
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 18.43K
Kanalning ta’rifi

✯ Oʻzbek tili va adabiyotiga ixtisoslashgan kanal!
🎓Onlayn kurs: @Sulola_Edu
📞 99-8-(88)-007-98-97
Reklama: @Admission_course

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2023-06-11 18:02:43Ona tili fanidan @ONA_TILI_TEZKOR kanali uchun Ozodbek Yigitaliyevdan” testi
30 ta savol · 30 soniya
1.9K views| Yigitaliyev |, 15:02
Ochish/sharhlash
2023-06-11 16:27:09 Hisobot!
Test kodi: 6436
Qatnashchilar soni: 223 ta
Top qatnashchilar:
1. Behroz Yigitaliyev - 30 ta (100%)
2. Dilsuz Egamberdiyeva - 30 ta (100%)
3. Dilnura Sayfullayeva - 30 ta (100%)
4. Saida Muhammedova - 30 ta (100%)
5. Sevinch Toshtemirova - 30 ta (100%)
6. Sherzod Umarov - 30 ta (100%)
7. Muhammadali Safarov - 30 ta (100%)
8. Gulrux Ismatova - 30 ta (100%)
9. Rasul Alijonov - 30 ta (100%)
10. Mohira Abdurahmonovna - 30 ta (100%)
11. E'zozxon Muxtorova - 30 ta (100%)
12. Madina Ibroximova - 29 ta (96.6%)
13. Aynura Toylieva - 29 ta (96.6%)
14. Zebo Alimova - 29 ta (96.6%)
15. Madina Shukurullayeva - 29 ta (96.6%)



Tòģri javoblar: abbabaacaddcbccbacdcddcbccccbc

Barcha qatnashchilarga raxmat!
Biz bilan qoling:
@ONA_TILI_TEZKOR
2.4K views𑁍𝙼𝙰𝚁𝙹𝙾𝙽𝙰𑁍, 13:27
Ochish/sharhlash
2023-06-11 07:14:10 Test boshlandi.

Test muallifi: Ozodbek Yigitaliyev (Manba asosida Muallif huquqi saqlangan)

Test raqami: 6436
Savollar soni: 30 ta

Javoblarni @e_test_1bot ga quyidagi ko'rinishda yuborishlari mumkin:

6436*abcdac... (30 ta)

yoki
6436*1a2b3c4d5a...

Testimiz 18:00da yakunlanadi.
Eslatma!
Javoblar aynan @e_test_1bot ga yuborilishi shart, boshqasiga emas.
@ONA_TILI_TEZKOR kanalimizda qoling!
3.3K views| Farrux Halimboyev |, edited  04:14
Ochish/sharhlash
2023-06-11 06:14:59 #MODAL SOʻZLAR

Ifodalanayotgan fikrga soʻzlovchining munosabatini ( ishonch, gumon, achinish kabi) bildirgan soʻzlar modal soʻzlar deyiladi.

Modal soʻzlarning maʼno tasnifini quyidagicha ifodalash mumkin:
albatta, shaksiz - ishonch;
ehtimol, balki, chamasi, shekilli, aftidan - gumon;
darhaqiqat, haqiqatan, soʻzsiz, shubhasiz - tasdiq;
xullas, demak, umuman - fikrni xulosalash, umumlashtirish, yakunlash;
avvalo, avvalambor - fikrning tartibi;
masalan, jumladan - fikrning dalillanishi;
attang, afsus - achinish, afsuslanish;
xayriyat - quvonch;
ajabo - hayratlanish, ajablanish.

Modal soʻzlar ham kelib chiqishi jihatidan sof modal soʻzlar va vazifadosh modal soʻzlarga boʻlinadi.

Faqat modal maʼno uchun xoslangan soʻzlar sof modal soʻzlar sanaladi:
haqiqatan, darhaqiqat, afsuski, attang, albatta, avvalo, avvalambor, xullas, koshki, masalan, shekilli, balki.

Modal maʼnoda ham qoʻllanilgan ayrim soʻzlar vazifadosh modal soʻzlar hisoblanadi.
aftidan, chamasi, umuman, ehtimol, taxminan, shubhasiz...

Marjona Ziyodullayevna
Kanal linkisiz koʻchirib olish mumkin emas hurmatli admin(ka) lar

@ONA_TILI_TEZKOR | MAKSIMAL ULANISH HAVOLASI
3.3K views𑁍𝙼𝙰𝚁𝙹𝙾𝙽𝙰𑁍, 03:14
Ochish/sharhlash
2023-06-10 10:01:43@ONA_TILI_TEZKOR KANALI UCHUN BMBA TESTI TUZUVCHI:HAYITBOYEVA NAFOSAT” testi
20 ta savol · 45 soniya
4.3K views𑁍𝙼𝙰𝚁𝙹𝙾𝙽𝙰𑁍, 07:01
Ochish/sharhlash
2023-06-10 08:01:56 Qo‘llanma: Omonim qoʻshimchalar
Formati: Pdf

Balki siz uchun keraklidir

TELEGRAM TARMOGʻIDAGI ENG FOYDALI KANALDASIZ

MANZIL:
@ONA_TILI_TEZKOR
4.4K views𑁍𝙼𝙰𝚁𝙹𝙾𝙽𝙰𑁍, 05:01
Ochish/sharhlash
2023-06-10 06:00:54 #ASOS VA QO‘SHIMCHALAR IMLOSI

a unlisi bilan tugagan fe’llarga -v, -q, -qi qo‘shimchalari qo‘shilganda a unlisi o aytiladi va shunday
yoziladi:
sayla — saylov, qayna — qaynoq.
Shuningdek, o‘qi — o‘quvchi,
sovi — sovuq, to‘qi — to‘quvchi so‘zlarida i unlisi u ga aylanishi mumkin.

K k harfi bilan tugagan so‘zlarga egalik qo‘shimchasi
qo‘shilsa, ular g va g‘ ga aylanadi:
yurak — yuragi, bilak —bilagim,
tilak — tilagim; buloq — bulog‘im;
quloq —qulog‘ing;qishloq — qishlog‘i kabi.
Erki, ishtiroki, huquqi,
ravnaqi singari so‘zlarda bunday holat kuzatilmaydi.

Singil, o‘rin, ko‘ngil, og‘il, shahar kabi sozlarga egalik qo‘shimchasi, qayir, ayir so‘zlariga nisbat
yasovchi qo‘shimcha, ikki, olti, yetti so‘zlariga jamlovchi son hosil qiluvchi qo‘shimcha qo‘shilsa, asosda
tovush tushishi hodisasi ro‘y beradi.

U, shu, o‘sha kabi olmoshlarga -da, -dan, -day, -dagi, -dosh, -cha qo‘shimchalari qo‘shilsa, bitta n
orttiriladi, aksincha, men, sen olmoshlariga -ni va -ning qo‘shimchalari qo‘shilsa, bitta n tushirib qoldiriladi:
bunda, shundan, o‘shancha, meni, sening kabi.

Parvo, obro‘, mavqe so‘zlariga egalik qo‘shimchalari (I va II shaxsda) qo‘shilsa, bitta y tovushi orttiriladi
va shunday yoziladi: parvoyi, obro‘yim, mavqeyim kabi.

-boz, -bon qo‘shimchalari -vos, -von kabi aytilsa-da, doimo asl shakli bo‘yicha yoziladi: dorboz, bog‘bon
kabi.

-dir nisbat yasovchi qo‘shimchasi jarangli undosh bilan tugagan bir bo‘g‘inli so‘zlarga qo‘shiladi: yondir,
bordir, quvdir kabi (kel so‘zi bundan mustasno), qolgan o‘rinlarda -tir shaklida aytiladi va shunday yoziladi:
ektir, quyultir, kestir kabi.


Marjona Ziyodullayevna
Kanal linkisiz koʻchirib olish mumkin emas hurmatli admin(ka) lar

@ONA_TILI_TEZKOR | MAKSIMAL ULANISH HAVOLASI
4.6K views𑁍𝙼𝙰𝚁𝙹𝙾𝙽𝙰𑁍, edited  03:00
Ochish/sharhlash
2023-06-09 10:02:46@ONA_TILI_TEZKOR KANALI UCHUN BMBA TESTI TUZUVCHI:HAYITBOYEVA NAFOSAT” testi
20 ta savol · 45 soniya
4.6K views𑁍𝙼𝙰𝚁𝙹𝙾𝙽𝙰𑁍, 07:02
Ochish/sharhlash
2023-06-09 08:00:08 Kesimdan ajoyib qoʻllanma

✓Ot kesim
✓Fe'l kesim
- - -

Balki siz uchun keraklidir

Bizning kanal
@ONA_TILI_TEZKOR
4.8K views𑁍𝙼𝙰𝚁𝙹𝙾𝙽𝙰𑁍, 05:00
Ochish/sharhlash
2023-06-09 06:00:22 #ANIQLOVCHI ERGASH GAPLI QOʻSHMA GAP.

Bosh gap tarkibidagi aniqlovchi vazifasida qoʻllangan koʻrsatish olmoshining maʼnosini izohlab keluvchi ergash gapga aniqlovchi ergash gap deyiladi. Aniqlovchi ergash gap bosh gap bilan birga aniqlovchi ergash gapli qoʻshma gapni tashkil etadi.

Aniqlovchi ergash gaplar bosh gapga nisbiy soʻzlar yoki bosh gap kesimi tarkibida qoʻllanuvchi - ki yuklamasi yordamida bogʻlanadi. Gap qismlari nisbiy soʻzlar yordamida bogʻlanganda, ergash gap kesimi
- sa shart mayli shaklidagi feʼllar bilan ifodalanadi va ergash gap bosh gapdan oldin keladi.

Gap qismlari - ki yordamida bogʻlanganda esa ergash gap bosh gapdan keyin keladi.

SXEMASI QUYIDAGICHA.

1. Shunday ... - ki, ...
2. ... shunday ... - ki, ...
3. ... shunday ... - ki, unday ...
4. ... qaysi ... -sa, oʻsha ...
5. Kimda - kim ... - ar ekan, uning ...
6. Kimning ... - sa, uning ....

Marjona Ziyodullayevna
Kanal linkisiz koʻchirib olish mumkin emas hurmatli admin(ka) lar

@ONA_TILI_TEZKOR | MAKSIMAL ULANISH HAVOLASI
4.8K views𑁍𝙼𝙰𝚁𝙹𝙾𝙽𝙰𑁍, edited  03:00
Ochish/sharhlash