Get Mystery Box with random crypto!

#ASOS VA QO‘SHIMCHALAR IMLOSI a unlisi bilan tugagan fe’l | ONA TILI TEZKOR | SULOLA_EDU

#ASOS VA QO‘SHIMCHALAR IMLOSI

a unlisi bilan tugagan fe’llarga -v, -q, -qi qo‘shimchalari qo‘shilganda a unlisi o aytiladi va shunday
yoziladi:
sayla — saylov, qayna — qaynoq.
Shuningdek, o‘qi — o‘quvchi,
sovi — sovuq, to‘qi — to‘quvchi so‘zlarida i unlisi u ga aylanishi mumkin.

K k harfi bilan tugagan so‘zlarga egalik qo‘shimchasi
qo‘shilsa, ular g va g‘ ga aylanadi:
yurak — yuragi, bilak —bilagim,
tilak — tilagim; buloq — bulog‘im;
quloq —qulog‘ing;qishloq — qishlog‘i kabi.
Erki, ishtiroki, huquqi,
ravnaqi singari so‘zlarda bunday holat kuzatilmaydi.

Singil, o‘rin, ko‘ngil, og‘il, shahar kabi sozlarga egalik qo‘shimchasi, qayir, ayir so‘zlariga nisbat
yasovchi qo‘shimcha, ikki, olti, yetti so‘zlariga jamlovchi son hosil qiluvchi qo‘shimcha qo‘shilsa, asosda
tovush tushishi hodisasi ro‘y beradi.

U, shu, o‘sha kabi olmoshlarga -da, -dan, -day, -dagi, -dosh, -cha qo‘shimchalari qo‘shilsa, bitta n
orttiriladi, aksincha, men, sen olmoshlariga -ni va -ning qo‘shimchalari qo‘shilsa, bitta n tushirib qoldiriladi:
bunda, shundan, o‘shancha, meni, sening kabi.

Parvo, obro‘, mavqe so‘zlariga egalik qo‘shimchalari (I va II shaxsda) qo‘shilsa, bitta y tovushi orttiriladi
va shunday yoziladi: parvoyi, obro‘yim, mavqeyim kabi.

-boz, -bon qo‘shimchalari -vos, -von kabi aytilsa-da, doimo asl shakli bo‘yicha yoziladi: dorboz, bog‘bon
kabi.

-dir nisbat yasovchi qo‘shimchasi jarangli undosh bilan tugagan bir bo‘g‘inli so‘zlarga qo‘shiladi: yondir,
bordir, quvdir kabi (kel so‘zi bundan mustasno), qolgan o‘rinlarda -tir shaklida aytiladi va shunday yoziladi:
ektir, quyultir, kestir kabi.


Marjona Ziyodullayevna
Kanal linkisiz koʻchirib olish mumkin emas hurmatli admin(ka) lar

@ONA_TILI_TEZKOR | MAKSIMAL ULANISH HAVOLASI