Get Mystery Box with random crypto!

#MODAL SOʻZLAR Ifodalanayotgan fikrga soʻzlovchining muno | ONA TILI TEZKOR | SULOLA_EDU

#MODAL SOʻZLAR

Ifodalanayotgan fikrga soʻzlovchining munosabatini ( ishonch, gumon, achinish kabi) bildirgan soʻzlar modal soʻzlar deyiladi.

Modal soʻzlarning maʼno tasnifini quyidagicha ifodalash mumkin:
albatta, shaksiz - ishonch;
ehtimol, balki, chamasi, shekilli, aftidan - gumon;
darhaqiqat, haqiqatan, soʻzsiz, shubhasiz - tasdiq;
xullas, demak, umuman - fikrni xulosalash, umumlashtirish, yakunlash;
avvalo, avvalambor - fikrning tartibi;
masalan, jumladan - fikrning dalillanishi;
attang, afsus - achinish, afsuslanish;
xayriyat - quvonch;
ajabo - hayratlanish, ajablanish.

Modal soʻzlar ham kelib chiqishi jihatidan sof modal soʻzlar va vazifadosh modal soʻzlarga boʻlinadi.

Faqat modal maʼno uchun xoslangan soʻzlar sof modal soʻzlar sanaladi:
haqiqatan, darhaqiqat, afsuski, attang, albatta, avvalo, avvalambor, xullas, koshki, masalan, shekilli, balki.

Modal maʼnoda ham qoʻllanilgan ayrim soʻzlar vazifadosh modal soʻzlar hisoblanadi.
aftidan, chamasi, umuman, ehtimol, taxminan, shubhasiz...

Marjona Ziyodullayevna
Kanal linkisiz koʻchirib olish mumkin emas hurmatli admin(ka) lar

@ONA_TILI_TEZKOR | MAKSIMAL ULANISH HAVOLASI