Get Mystery Box with random crypto!

#ANIQLOVCHI ERGASH GAPLI QOʻSHMA GAP. Bosh gap tarkibidag | ONA TILI TEZKOR | SULOLA_EDU

#ANIQLOVCHI ERGASH GAPLI QOʻSHMA GAP.

Bosh gap tarkibidagi aniqlovchi vazifasida qoʻllangan koʻrsatish olmoshining maʼnosini izohlab keluvchi ergash gapga aniqlovchi ergash gap deyiladi. Aniqlovchi ergash gap bosh gap bilan birga aniqlovchi ergash gapli qoʻshma gapni tashkil etadi.

Aniqlovchi ergash gaplar bosh gapga nisbiy soʻzlar yoki bosh gap kesimi tarkibida qoʻllanuvchi - ki yuklamasi yordamida bogʻlanadi. Gap qismlari nisbiy soʻzlar yordamida bogʻlanganda, ergash gap kesimi
- sa shart mayli shaklidagi feʼllar bilan ifodalanadi va ergash gap bosh gapdan oldin keladi.

Gap qismlari - ki yordamida bogʻlanganda esa ergash gap bosh gapdan keyin keladi.

SXEMASI QUYIDAGICHA.

1. Shunday ... - ki, ...
2. ... shunday ... - ki, ...
3. ... shunday ... - ki, unday ...
4. ... qaysi ... -sa, oʻsha ...
5. Kimda - kim ... - ar ekan, uning ...
6. Kimning ... - sa, uning ....

Marjona Ziyodullayevna
Kanal linkisiz koʻchirib olish mumkin emas hurmatli admin(ka) lar

@ONA_TILI_TEZKOR | MAKSIMAL ULANISH HAVOLASI