Get Mystery Box with random crypto!

SUPER-KONTRAKT ASOSIDA O'QISHINI KO'CHIRMOQCHI BO'LGAN TALABAL | Oliygoh.uz | rasmiy

SUPER-KONTRAKT ASOSIDA O'QISHINI KO'CHIRMOQCHI BO'LGAN TALABALAR DIQQATIGA

Bugundan boshlab o'qishni ko'chirish imtihonlarida yetarli ball to'play olmay oshirilgan kontrakt asosida o'qish istagini bildirgan talabalar http://t-kontrakt.edu.uz sayti orqali onlayn ariza qoldirishlari mumkin.

Shartnoma esa ushbu saytda super-kontrakt narxlari tasdiqlanganidan so'ng tasdiqlanadi va yuklab olishingiz mumkin bo'ladi, oliygohga borishingiz shart emas. Biroz kutasiz.

Aloqa xatlari esa oliygoh tomonidan keyinroq berilishi mumkin. Sababi sizga hozir aloqa xati berilsa va siz u xat orqali o'qish joyingizga borganingizda talabalar safidan chetlashtirilib hujjatlaringizni qaytib olasiz. Keyin super-kontrakt narxi siz kutgan summadan kattaroq bo'lib chiqsa va sharoitingiz ko'tarmasa ikkala o'qishdan ham quruq qolasiz. Shu sababli oliygohlar super-kontrakt narxlari tasdiqlanganidan so'nggina aloqa xatlari berishi mumkin.

Oliygoh.uz
telegram kanallari

O‘zbekcha | Русская | Grantlar