Get Mystery Box with random crypto!

Oliygoh.uz | rasmiy

Telegram kanalining logotibi oliygoh_grantlar — Oliygoh.uz | rasmiy O
Telegram kanalining logotibi oliygoh_grantlar — Oliygoh.uz | rasmiy
Kanal manzili: @oliygoh_grantlar
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 148.22K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿 Oliygoh.uz platformasi rasmiy telegram kanali
- Biz orqali eng muhim yangiliklarni kuzatib boring!
• Aloqa: @oliygoh_edubot
• Reklama: @oliygoh_admin
Hamkorlik: @talim_reklamalari

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 211

2022-01-17 15:18:38 Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazida mavjud vakant lavozimlar bo‘yicha ochiq tanlov e’lon qilindi

Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Davlat test markazi bilan hamkorlikda quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e’lon qiladi:

1. Chet tilini bilish darajasi bo‘yicha sinov natijalarini hisoblash va sertifikat berish bo‘limi yetakchi mutaxassisi.
2. Test materiallarini chop etish va shakllantirish bo‘limi bosh mutaxassisi.

Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalidan ro‘yxatdan o‘tishlari, mavjud vakant lavozimni tanlab, so‘ralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari lozim.

Hujjatlar:

Chet tilini bilish darajasi bo‘yicha sinov natijalarini hisoblash va sertifikat berish bo‘limi yetakchi mutaxassisi lavozimi uchun 2022-yil 14-yanvardan 23-yanvargacha (shu kuni ham);

Test materiallarini chop etish va shakllantirish bo‘limi bosh mutaxassisi lavozimi uchun 2022-yil 16-yanvardan 25-yanvargacha (shu kuni ham);
qabul qilinadi.

Oliygoh.uz telegram kanallari

O‘zbekcha | Русская | Grantlar
12.3K views12:18
Ochish/sharhlash
2022-01-15 09:36:32
ABITURIYENTLARGA ESLATMA

Testlarni 100% to‘g‘ri bajarish: yuqori natijaga qanday erishiladi?

Testlarni to‘liq 100 foizlik to‘g‘ri natijani istasangiz, quyidagi ko‘rsatmalarga amal qiling:


https://oliygoh.uz/uz/foydali/testlarni-100-foiz-togri-bajarish

Oliygoh.uz telegram kanallari

O‘zbekcha | Русская | Grantlar
8.5K views06:36
Ochish/sharhlash
2022-01-15 08:49:38
Қўшимча дарслар, ортиқча харажатлардан чарчадингизми?

https://kun.uz/07778712

Реклама
8.1K views05:49
Ochish/sharhlash
2022-01-14 16:19:36 ​​​​​​ Namangan viloyatida joylashgan oliygohlar haqida batafsil ma'lumot oling

Oliygoh.uz ta'lim portali orqali Namangan viloyatida joylashgan oliy taʼlim muassasalariga kirish ballari, qabul kvotalari, yo'nalishlar ro'yxati bilan tanishib boring:

- Namangan davlat universiteti
Batafsil ma'lumot

- Namangan muhandislik-qurilish instituti
Batafsil ma'lumot

- Namangan muhandislik-texnologiya instituti
Batafsil ma'lumot

Kerakli oliygohni tanlang hamda kunduzgi, sirt va kechki ta'lim shakllariga o‘tish ballari bilan Oliygoh.uz sayti orqali muntazam tanishib boring

Barcha abituriyentlarga tarqating

Oliygoh.uz telegram kanallari

O‘zbekcha | Русская | Grantlar
6.9K views13:19
Ochish/sharhlash
2022-01-14 13:54:25 SamDUning Urgut filiali tashkil etiladi

https://bit.ly/3flQft5

Oliygoh.uz telegram kanallari

O‘zbekcha | Русская | Grantlar
7.6K viewsedited  10:54
Ochish/sharhlash
2022-01-14 13:05:18Barcha abituriyentlar va talaba bo'lishni xohlovchilar diqqatiga

Profi University da qabul davom etmoqda!

Yo'nalishlarimiz:
Ingliz tili va adabiyoti
Rus tili va adabiyoti
Pedagogika-psixologiya
Maktab menejmenti
Boshlang'ich ta'lim
Maktabgacha ta'lim

Kunduzgi, kechki va sirtqi ta'lim shaklida o'qish imkoniyati mavjud!

Ta'lim o'zbek va rus tillarida, to'lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Imtihon: IQ test va suhbat asosida

Kontrakt narxlari 12 milliondan boshlanadi

Online ariza qoldirish uchun: https://profiuniversity.uz/#rec396986339

Telegram kanal: @profiuniversity

Tel: (78) 777 11 11
8.2K views10:05
Ochish/sharhlash
2022-01-14 10:07:33 Samarqand davlat universiteti tarkibida 2ta yangi institut va 1ta filial ochiladi

Prezident qaroriga ko‘ra, SamDUdan:

– agronomiya, biotexnologiya va oziq-ovqat xavfsizligi sohalarida kadrlar tayyorlovchi Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti;

– muhandislik, elektronika kabi yo‘nalishlarda kadrlar tayyorlovchi Muhandislik fizikasi instituti;

– universitetning Urgut filiali tashkil etiladi.

Yangi OTMlarda o‘qish 2022/23-o‘quv yilidan boshlanadi va mos fakultetdagi talabalar yangi institutlarga o‘tkaziladi.

Oliygoh.uz telegram kanallari

O‘zbekcha | Русская | Grantlar
9.1K views07:07
Ochish/sharhlash
2022-01-14 08:00:00 Chet tili imtihoni sanalari belgilandi

Chet tilini bilish darajasini baholash bo‘yicha yanvar oyida bo‘lib o‘tadigan test sinovi sanalari belgilandi.

Unga ko‘ra, test sinovining yozma qismi 20-yanvar kuni, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 21-22- va 24-yanvar kunlari o‘tkaziladi.

Test sinovlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

Talabgorlar imtihon joyi, kuni va vaqtini my.dtm.uz sayti orqali “Milliy sertifikatlar” bo‘limining “Mening arizalarim” qismida bilishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan kelishlari so‘raladi.

Oliygoh.uz telegram kanallari

O‘zbekcha | Русская | Grantlar
10.1K views05:00
Ochish/sharhlash
2022-01-13 15:10:00 15-yanvardan o‘qishni tiklash bo‘yicha arizalar qabuli boshlanadi

Talabalar o‘qishini bahorgi semestrga qayta tiklash bo‘yicha ariza topshirish 15-yanvardan 25-yanvarga qadar davom etadi. Arizalar 25-yanvardan 15-fevralgacha ko‘rib chiqiladi va tegishli qaror qabul qilinadi.

Talabalar safidan chetlashtirilganlar o‘qishini boshqa OTMga mos ta’lim yo‘nalishiga ko‘chirish uchun ariza berishi mumkin. O‘qishga qayta tiklash to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Quyidagilar o‘qishga davlat granti asosida qayta tiklanishi mumkin:

yetimlar, I va II guruh nogironligi bo‘lganlar;
muddatli harbiy xizmatni o‘tagan (zaxiraga bo‘shaganidan 3 yilda) akademik ta’tildan belgilangan muddatda qaytganlar;
davlat buyurtmasi bilan xorijga o‘qishga yuborilgan va belgilangan muddatda qaytganlar.

Oliygoh.uz telegram kanallari

O‘zbekcha | Русская | Grantlar
8.7K views12:10
Ochish/sharhlash
2022-01-13 14:45:12
Treningga marhamat! O'zbek dasturchisining Amazon'dan American Express'gacha bo'lgan yo'li

Sizni Amazon kompaniyasida dasturiy ta'minot muhandisi sifatida amaliyot o'tagan va endilikda American Express kompaniyasiga ishga kirish arafasida turgan Og‘abek Yusupov spikerligidagi ajoyib treningga taklif etamiz!

Ayni vaqtda IT sohasidagi magistratura bosqichini Irlandiyadagi Maynooth hamda Erasmus dasturi orqali 2-kursini Shotlandiyadagi Sent-Endryus universitetida davom ettirayotgan Og'abek ayni vaqtda Toshkentda va u o'z muvafaqqiyatining sirlari bilan bo'lishish niyatida!

Albatta keling, sizni kutamiz!

Vaqti: 16-yanvar, soat 16:00
Ochiq dars formati: Offline | Online
Qatnashish: BEPUL!

Ro'yxatdan o'tish

Manzil: Yunusobod tumani, Amir Temur ko'chasi 129-B, Shahriston metro. Registan IT School dasturlash maktabi.

Batafsil ma'lumot uchun:
+99855-500-37-00

Bizni tarmoqlarda kuzatib boring!
Telegram | Instagram | YouTube | TikTok
8.2K views11:45
Ochish/sharhlash