Get Mystery Box with random crypto!

Xorijiy tillardan sertifikat olgan yoshlar diqqatiga! 2022-yi | Oliygoh.uz | rasmiy

Xorijiy tillardan sertifikat olgan yoshlar diqqatiga!

2022-yil 1-yanvardan boshlab arab, xitoy, fransuz, rus, ispan, koreys, yapon, italyan, turk va nemis tillari boʻyicha 13 ta xalqaro imtihon tizimlarida yuqori natijaga erishgan yoshlarning imtihon xarajatlarini kompensatsiya qilib berish tizimi ishga tushdi.

Avvalroq (IELTS, TOEFL, GMAT, GRE, SAT) xalqaro imtihon tizimlarida yuqori natija qayd etgan yoshlarning imtihon xarajatlari Yoshlar ishlari agentligi tomonidan qoplab berilayotgan edi. Bugungi kungacha jami 2833 nafar yoshlarga qoplab berilgan.

Endilikda ular safiga yana yuqoridagi 13 ta imtihon tizimi ham qoʻshildi.

Oliygoh.uz telegram kanallari

O‘zbekcha | Русская | Grantlar