Get Mystery Box with random crypto!

Mirzayev's Mind

Telegram kanalining logotibi odilbekmirzayev — Mirzayev's Mind M
Telegram kanalining logotibi odilbekmirzayev — Mirzayev's Mind
Kanal manzili: @odilbekmirzayev
Toifalar: Ish
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2.35K
Kanalning ta’rifi

CEO, Founder at PDP EcoSystem
▪️ Entrepreneur
▪️ Visioner
Omad yordir dovyuraklarga! • Судьба благоволит храбрым! • Fates Favors the Brave!
Murojaat uchun: @Odilbek_Mirzayev_aloqabot

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-06-28 08:15:52
"Dunyoda minglab o’zbek yoshlariga qo’l mehnati emas, yuqori intellekti uchun haq to’lansa, millionlab yoshlar o'z oilalaridagi moliyaviy ahvolni o'nglab, chet elda qiynalib ishlayotgan yaqinlarini vatanga qaytishiga sababchi bo’lsa va dunyoni yaxshi tarafga o’zgartiruvchi qarorlar qabul qiladigan, gigant kompaniyalarning boshqaruv pozitsiyasini egallaydigan mutaxassislarni yetishtira olsak, o'z oldimizga qo'ygan maqsadlarimizga erishgan bo'lamiz."

Blog: @OdilbekMirzayev
2.4K views05:15
Ochish/sharhlash
2022-06-27 16:15:10 Barakali yuz kun

Biz sabablariga ma’suliyatni olamiz, natijasiga emas! Natija esa Allohdan…

Shu sababdan ham "PDP University" loyihasini muvaffaqiyatli tashkil qilish uchun o'zimga "intensive barakali 100 kun challange" e'lon qilmoqchiman.

Allohning irodasi bilan ma'suliyatli vazifani ustida ishlayapmiz. Bu nafaqat jamoa uchun yangilanish davri balki xalqning oldidagi bizga bildirilgan ishonchdir. "PDP University" loyihasi muvaffaqiyatli bo'lishi uchun bizdan har taraflama mas'uliyat ta'lab qiladi va bungacha bosib o'tilgan yo'l ham, bundan keyingi manzillar ham Ummatga foydali bo'lishidan Allohdan umid qilamiz.

Universitet loyihasi bilan ishlashning birinchi 100 kuni davomida o'zimdan "PDP University" uchun manfaatli har bir ish uchun punktual ravishda ishlashni va oldimdagi ma'suliyatli vazifani muvaffaqiyat bilan yakunlashni istayman. 100 kunning har bir kunida talabalar uchun foydali tadqiqotlat qilish, yoshlarni ta'labini o'rganish, ularga qulayliklar yaratish, malakali national va international mentorlarni jalb qilish va ta'limni sifatli bo'lishi uchun yangi dasturlar ustida ishlash va ko'plab topshiriqlarni o'z ichiga oladi.

Alloh taolo o'zining kalomida: "Qachonki, bandalarim sendan men haqimda so'rasalar, bas, albatta, men yaqindirman. Duo qiluvchi duo qilganda duosini ijobat qilurman" deb marhamat qilgan ( Baqara surasi 186-oyat)

Do'stlarimizning duolariga har doim umidvormiz...

Blog: @OdilbekMirzayev
2.2K views13:15
Ochish/sharhlash
2022-06-25 21:44:47
Maqsadlar aniqlashgan sari kuch quvvat ko’payadi.

Oradan 3 yil, 5 yil, 10 yil o’tadi. O’sha kunda biz bu tarixni birga yoza oldik deyish nasib etsin.

Loyihamizni qo’llab quvvatlayotgan ustozlardan, do’stlardan Alloh rozi bo’lsin

Blog: @OdilbekMirzayev
2.3K views18:44
Ochish/sharhlash
2022-06-23 16:06:31 PDP University ochildi!

Alhamdulillah, Alhamdulillah, Alhamdulillah

Biz uchun tarixiy kunlarda turibmiz. Bu tarixga 2017-yil kirib keldik. Hammasi 27m2 o’quv xonasidan iborat kichik joydan boshlangan edi.

Bugun PDP – bu 200 ga yaqin jamoa aʼzosi, 20 000 kv. metrlik oʻquv binosi, 2000 dan ortiq bitiruvchilardan iborat katta oila.

Biz yaqin kelajakda "PDP Valley" nomli ecosystem qurish niyatidamiz. Ushbu ecosystem oʻz ichiga - katta taʼlim kampusi,
tadqiqotlar markazi (R&D), rekruting platforma, startap akselerator, venchur fond, frilanserlar hamjamiyati, xorijiy kompaniyalar ofisini oʻz ichiga oladi. "PDP Valley" albatta murakkab, ammo yetishsa boʻladigan maqsad. Biz bunga ishonamiz.

Barcha katta rejalar bir nechta bosqichlardan iborat boʻladi. Ularning ayrimlaridan siz bilan birga oʻtdik, keyingilarida ham biz bilan birga boʻlishingizga umid qilamiz. Bugun katta maqsadimizning juda muhim bosqichiga yetib keldik. Bu final emas, bu bir jarayon. Va uning nomi – PDP University.





Blog: @OdilbekMirzayev
9.8K viewsedited  13:06
Ochish/sharhlash
2022-06-22 07:05:06 Ey, Parvardigorim, mening qalbimni keng qil!
Mening ishimni oson qil. Tilimdagi tugunni yechgin. So’zimni anglasinlar!


Toha surasi 25-28 oyatlar.

Bu biz uchun tarixiy ahamiyatga ega kun. Kun davomida batafsil…

Blog: @OdilbekMirzayev
2.9K views04:05
Ochish/sharhlash
2022-06-16 08:40:33 Doimo samimiy, soddadil va keng fe'lli bo'ling!

Makkorlik, ayyorlik bilan odamlar ichida tanilmang. Aks holda, Sizdan ehtiyot bo'ladigan odamlar va do'stlaringiz ko'payib ketadi. Chunki, aldanib qolishim mumkin deb ishonch yo'qoladi. Siz bilan ehtiyotkorlik bilan munosabat qiladi. Bu esa, ishni sekinlashishiga va halokatga sabab bo'ladi. Alloh asrasin!

Yuqoridagi fikrlar muvaffaqiyat omillarini bo'yicha ustozlarimizning fikrlari. Ishonch borasida insonlar bilan 3 xil munosabat o'rnataman. ishonaman ishonishim uchun tekshiruvga qo'yaman (checking process) ishonmayman. Tabiiyki men ishonmaydigan insonlarni o'zimdan uzoqlashtirishga harakat qilaman. Ishonishim uchun tekshiruvga qo'yiladigan insonlar bilan ishlash vaqt oladi. Eng ideal holat esa, men ishonadigan va menga ishonadigan insonlar bilan ishlash, munosabatlarda davomli bo'lish.

Blog: @OdilbekMirzayev
3.8K views05:40
Ochish/sharhlash
2022-06-12 18:24:35 Shaxsiy tajribamdan shuni ayta olamanki, agar maqsadlaringiz faqat personal emas, avvalo Allohning rizoligi va jamiyat manfaatiga yo'naltirilgan bo'lsa, muvaffaqiyatli bo'lish ehtimolligi yuqori bo'ladi.

2022-yil boshidan beri jamoamiz bilan ustida ishlayotgan loyihamiz, Allohning fazli bilan yaqin kunlarda taqdim qilamiz. Bu loyihaning dunyoga kelishi ham bir alohida tarix va hikoya bo'layapti. Bu loyiha bu yilga ishga tushushiga ko'pchilik ishonishmagandi. Eng muhim dovonlardan o'tdik.

Alhamdulillah

Tez kunlarda loyiha taqdimoti...

Omad yordir dovyuraklarga!

Blog: @OdilbekMirzayev
3.8K viewsedited  15:24
Ochish/sharhlash
2022-06-10 03:15:50 Kimki Allohga taqvo qilsa, uning gunohlarini kechirur va ajrini ko’paytirib berur!

Kimki Allohga taqvo qilsa, U zot uning yo’lini ochib qo’yur!

Kim Allohga tavakkal qilsa, unga U zotning O’zi kifoyadir!

Rizq Allohdan, u yozilgan. Shungagina ega bo’lamiz. Undan ko’piga ham kamiga ham ega bo’la olmaymiz. Shunday ekan, bor sabablarini qilamiz va Allohga taqvo qilamiz, tavakkal qilamiz. Unga erishsak ham erishmasak ham taqvo yo’lini tanlaganimizdan ko’nglimiz xotirjam bo’ladi. Inson ekanmiz, gunohlardan holi emasmiz, muhimi tavba qilib haq yo’lida davom etish muhim!

P/S: Rizq - bu faqatgina yeb ichish emas, bundan tashqari ne’matlar tushuniladi.

Juma ayyomingiz muborak bo’lsin, azizlar!

Blog: @OdilbekMirzayev
4.3K views00:15
Ochish/sharhlash
2022-06-03 09:41:38 Yuksak maqsadlar yuzaga chiqmay qolgan taqdirda ham - biz uchun amalga oshgan ikkinchi darajali maqsadlardan ko‘ra qimmatliroqdir. Gyote

P/S: Katta maqsadlarga erishish o’z-o’zidan bo’lmaydi. Bunga eng avvalo ruhiy tomondan tayyor bo’lishingiz zarur. Shunaqa damlarda o’zimga takrorlaydigan so’zim: “Omad yordir dovyuraklarga!”

Blog: @OdilbekMirzayev
3.8K views06:41
Ochish/sharhlash
2022-06-02 13:14:28 Siz frilanser bo‘lib, O‘zbekistonda yuqori daromad topmoqchi bo‘lsangiz, AKT vaziri bilan bo‘lib o‘tadigan onlayn tarzdagi ochiq muloqotda ishtirok etib, Sizni qiziqtiradigan barcha savollarga javob oling!

2022-yil 3-iyun kuni Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri bilan onlayn tarzda ochiq muloqot tashkil etiladi.

Ushbu muloqot davomida Siz o‘zingizni qiziqtirgan va qiynaydigan savollarga javoblar hamda o‘z faoliyatingiz davomida uchraydigan qiyinchiliklarning yechimini topishingiz mumkin.

Ochiq muloqot interaktiv shaklda o‘tkaziladi va har biringiz Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziriga savol berib, o‘z tajribangiz bilan ulashishingiz va muammolarni muhokama qilishingiz mumkin.

Ochiq muloqot davomida:
Frilans platformalarida ishlashni boshlash;
Frilans platformalari orqali topilgan daromadini O'zbekiston banklari orqali olish;
Muammolarni tezkor aniqlash va unga yechim topish mexanizmi;
Savol-javoblar bo‘lib o‘tadi.

Ochiq muloqotni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Facebook va Youtubedagi sahifalari orqali kuzatish mumkin.

Shuningdek, ochiq muloqotni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining Facebook sahifasi orqali ham kuzatish imkoni mavjud.

Ochiq muloqot o‘tkazilish vaqti:
iyun soat :

Savollarni Ochiq muloqot tashkil etilayotgan vaqt davomida izohlarda qoldirish mumkin.

Savolnomani to‘ldirib, O‘zbekistonda frilanserlikni rivojlantirish uchun o‘z xissangizni qo‘shing!

O‘tkazib yubormang!

#mitc
#onlayn_muloqot

Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube
2.8K views10:14
Ochish/sharhlash