Get Mystery Box with random crypto!

Barakali yuz kun Biz sabablariga ma’suliyatni olamiz, natijas | Mirzayev's Mind

Barakali yuz kun

Biz sabablariga ma’suliyatni olamiz, natijasiga emas! Natija esa Allohdan…

Shu sababdan ham "PDP University" loyihasini muvaffaqiyatli tashkil qilish uchun o'zimga "intensive barakali 100 kun challange" e'lon qilmoqchiman.

Allohning irodasi bilan ma'suliyatli vazifani ustida ishlayapmiz. Bu nafaqat jamoa uchun yangilanish davri balki xalqning oldidagi bizga bildirilgan ishonchdir. "PDP University" loyihasi muvaffaqiyatli bo'lishi uchun bizdan har taraflama mas'uliyat ta'lab qiladi va bungacha bosib o'tilgan yo'l ham, bundan keyingi manzillar ham Ummatga foydali bo'lishidan Allohdan umid qilamiz.

Universitet loyihasi bilan ishlashning birinchi 100 kuni davomida o'zimdan "PDP University" uchun manfaatli har bir ish uchun punktual ravishda ishlashni va oldimdagi ma'suliyatli vazifani muvaffaqiyat bilan yakunlashni istayman. 100 kunning har bir kunida talabalar uchun foydali tadqiqotlat qilish, yoshlarni ta'labini o'rganish, ularga qulayliklar yaratish, malakali national va international mentorlarni jalb qilish va ta'limni sifatli bo'lishi uchun yangi dasturlar ustida ishlash va ko'plab topshiriqlarni o'z ichiga oladi.

Alloh taolo o'zining kalomida: "Qachonki, bandalarim sendan men haqimda so'rasalar, bas, albatta, men yaqindirman. Duo qiluvchi duo qilganda duosini ijobat qilurman" deb marhamat qilgan ( Baqara surasi 186-oyat)

Do'stlarimizning duolariga har doim umidvormiz...

Blog: @OdilbekMirzayev