Get Mystery Box with random crypto!

Doimo samimiy, soddadil va keng fe'lli bo'ling! Makkorlik, ay | Mirzayev's Mind

Doimo samimiy, soddadil va keng fe'lli bo'ling!

Makkorlik, ayyorlik bilan odamlar ichida tanilmang. Aks holda, Sizdan ehtiyot bo'ladigan odamlar va do'stlaringiz ko'payib ketadi. Chunki, aldanib qolishim mumkin deb ishonch yo'qoladi. Siz bilan ehtiyotkorlik bilan munosabat qiladi. Bu esa, ishni sekinlashishiga va halokatga sabab bo'ladi. Alloh asrasin!

Yuqoridagi fikrlar muvaffaqiyat omillarini bo'yicha ustozlarimizning fikrlari. Ishonch borasida insonlar bilan 3 xil munosabat o'rnataman. ishonaman ishonishim uchun tekshiruvga qo'yaman (checking process) ishonmayman. Tabiiyki men ishonmaydigan insonlarni o'zimdan uzoqlashtirishga harakat qilaman. Ishonishim uchun tekshiruvga qo'yiladigan insonlar bilan ishlash vaqt oladi. Eng ideal holat esa, men ishonadigan va menga ishonadigan insonlar bilan ishlash, munosabatlarda davomli bo'lish.

Blog: @OdilbekMirzayev