Get Mystery Box with random crypto!

PDP University ochildi! Alhamdulillah, Alhamdulillah, Alhamdu | Mirzayev's Mind

PDP University ochildi!

Alhamdulillah, Alhamdulillah, Alhamdulillah

Biz uchun tarixiy kunlarda turibmiz. Bu tarixga 2017-yil kirib keldik. Hammasi 27m2 o’quv xonasidan iborat kichik joydan boshlangan edi.

Bugun PDP – bu 200 ga yaqin jamoa aʼzosi, 20 000 kv. metrlik oʻquv binosi, 2000 dan ortiq bitiruvchilardan iborat katta oila.

Biz yaqin kelajakda "PDP Valley" nomli ecosystem qurish niyatidamiz. Ushbu ecosystem oʻz ichiga - katta taʼlim kampusi,
tadqiqotlar markazi (R&D), rekruting platforma, startap akselerator, venchur fond, frilanserlar hamjamiyati, xorijiy kompaniyalar ofisini oʻz ichiga oladi. "PDP Valley" albatta murakkab, ammo yetishsa boʻladigan maqsad. Biz bunga ishonamiz.

Barcha katta rejalar bir nechta bosqichlardan iborat boʻladi. Ularning ayrimlaridan siz bilan birga oʻtdik, keyingilarida ham biz bilan birga boʻlishingizga umid qilamiz. Bugun katta maqsadimizning juda muhim bosqichiga yetib keldik. Bu final emas, bu bir jarayon. Va uning nomi – PDP University.





Blog: @OdilbekMirzayev