Get Mystery Box with random crypto!

Elektr energiya narxlari. | Numberspeaks

Elektr energiya narxlari.

2022-yil mart holatiga ko’ra dunyo mamlakatlarida 1 kWsoat elektr energiyaning uy xo'jaliklari va biznes uchun o'rtacha narxlari mos ravishda 0,144 dollar va 0,138 dolarni tashkil etgan. Ko'rinib turganidek biznes uchun o'rtacha sotilayotgan elektr energiya narxi aholi uchun narxdan biroz pastroq bo’lib, bu tendensiyani rivojlangan davlatlar misolida yaqqol ko’rish mumkin. Uy xo'jaliklari uchun esa eng arzon elektr energiyasi narxi Livanda 0.003 $(33 so'm), eng qimmati esa Daniyada 0.48 $(5300 so'm) hisoblanadi. Shuningdek AQShda 0.16 $, O'zbekistonda 0,026$, Rossiyada 0,078$, Afg'onistonda 0,043 $ va Germaniyada 0,45 $ ga teng bo’lgan.

O'zbekistonda elektr energiyaning uy xo’jaliklarga sotilish narxi Livandan 8,6 barobar qimmat va Daniyadan 18,4 barobar arzonroq. O'zbekiston 2021-yilda 70,3 mlrd kWsoat elektr energiya ishlab chiqargan. Yana bir muhim ko'rsatgich, aholi jon boshiga jami ishlab chiqarilgan elektr energiya miqdori bo'yicha mamlakatimiz dunyoda 117-o'rinda turadi. Mana bu yerda berilgan ma'lumotga ko'ra esa, Germaniya aholisi jon boshiga YAIMida, elektr energiya to'lovlari uchun sarf 1,2%, O'zbekistonda esa 0,6%(2020 yil uchun) atrofida, Portugaliya 1,9%, Fransiya 0.8%, Norvegiyada 0,2% hamda Luksenburgda 0,3% ga teng.

Mamlakatimizdagi elektr narxi(subsidiyalar qo’shilmagan holatda) absolyut qiymati boshqa mamlakatlardagi ko'rsatgichdan ancha past lekin elektr energiyasi uchun to’lovlarning daromaddagi ulushi nuqtai nazaridan mamlakatimiz dunyodagi o’rtacha ko’rsatgich bilan deyarli bir xil(agar har yili ajratilinadigan subsidiyalar bilan qo’shib hisoblansa, bu borada biz ancha oldingi qatorlarda bo’lib chiqamiz).

@Numberspeaks