Get Mystery Box with random crypto!

Tabiiy gaz va elektr muammosi ko'ringandan ko'ra jiddiyroq Ag | Numberspeaks

Tabiiy gaz va elektr muammosi ko'ringandan ko'ra jiddiyroq

Agar narxlar erkinlashtirilsa, mavjud gaz qazib oluvchi kompaniyalar gaz qazib olishni oshirish uchun barcha imkoniyatlarga ega bo'ladi. Natijada, gaz qazib chiqaruvchi kompaniyalar ko'payib, mamlakatimiz extiyojlarini to'la qondiradi va eksportni ham oshirish imkoniyatiga ham ega bo'lamiz.

Yuqori (erkin) narxlarda aholi energiyani tejab ishlatadi, biznes esa tejamkor texnalogiyalarga o'tadi, shunda muammo yechiladimi.? yo'q, albatta.

2020 yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda tasdiqlangan tabiiy gaz zaxiralari 1,86 trillion m³ deb baholangan. Amaldagi qazib chiqarish xajmlarida ushbu zaxiralar taxminan 34 yilga yetadi. 2021-yilda 70,3 mlrd kV/soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan bo'lib, 90% ga yaqin qismi tabiiy gazni yoqish orqali olingan.

Agar qazib olishni bir yarim karra oshirsak 25 yil, ikki karra oshirsak esa 17 yildan keyin gazsiz va chiroqsiz qolishimiz mumkin. Shuningdek mavjud gaz zaxiralarimiz AQShning 2 yillik, Rossiyaning 3 yillik, Xitoyning 6 yillik ichki iste’moliga yetadi. O'zbekistonning yillik gaz iste’moli Pokiston, Braziliya, Avstraliya, Indoneziya va Fransiya kabi aholisi ko'p davlatlardan ham oldinda turadi. Kimdir aytishi mumkin O'zbekistonda yana gaz zaxirasi topilishi mumkin deb, ha bu to'g'ri fikr lekin aniqlangan konlarda ham kutilganidan kam gaz bo'lish extimoli ham yo’q emas.

Xulosa qiladigan bo'lsak, hozirgi tendensiya bilan mamlakatning energiya ishlab chiqarish sanoati yildan yilga yomonlashib boraveradi, elektr energiya ishlab chiqarishda, tabiiy gazning ulishini pasaytirish shart ammo buni amalga oshirish o'nlab yil vaqt va milliardlab dollar investitsiya talab qiladi. Bular shuni ko'rsatadiki, O'zbekiston sharoitida gaz qazib chiqarish sanoatiga uzoq muddatda biznes sifatida qarab bo'lmaydi. Yana qo'shimcha gaz zaxiralari kamaygan sari qazib chiqarish xajmi ham tabiiy kamayib boraveradi. Hukumatga siyosiy iroda yetishmay energetika sanoatida islohatlarni ortga suraversa muommo faqat va faqat kattalashib boraveradi.
@Numberspeaks