Get Mystery Box with random crypto!

Tabiiy gaz narxi haqida O'zbekistonda, 1 m³ tabiiy gaz narxi | Numberspeaks

Tabiiy gaz narxi haqida

O'zbekistonda, 1 m³ tabiiy gaz narxi 380 so'm, yuridik shaxslar uchun esa 1100 so'm(albatta alohida narxlar ham mavjud). Solishtirish oson bo'lishi uchun har 1000 m³ uchun narxlarni AQSh dollarida hisoblasak. Aholi uchun 1000m³ tabiiy gaz 34 dollar va yuridik shaxslar uchun esa100 dollarga teng.
Tabiiy gaz uchun dunyo bo'yicha yagona narx mavjud emas. Tasavvur qilish oson bo’lishi uchun misol tariqasida Yevropadagi narxlarga to'xtalsak.
Oxirgi 5 yildagi tabiiy gaz narxlari pandemiya davrigacha o'rtacha 1000m³ uchun 300 dollar atrofida, pandemiya davrida 80 -100$ gacha, eng yuqori narx esa shu yil qayd etilgan bo'lib deyarli 4000 dollarga yetgan edi, hozirgi kunda esa 1000 dollar atrofida shakllangan.

Bu narxlar ham aslida Yevropadagi aniq narxlarni ko'rsatmaydi, Yevropa davlatlari tabiiy gazni turli davlatlardan sotib oladi, shunga muvofiq turli xil narxlar shakllanadi, yuqoridagi narx esa indeks narxi ifodalaydi xolos.

Xitoyning 1000m³ gazni qanday narxlarda import qilishi haqida aniq ma’lumotlar topish qiyin, aynan O'zbekistondan nechi m³ gazni qanday narxlarda import qilayotganligini har ikkala tomon ham to’liq ochiqlamaydi. Ammo ba’zi ochiq ma’lumotlar orqali taxminiy hisob kitoblarni amalga oshirishga harakat qilib ko’ramiz.
Mana bu yerdagi ma’lumotlarda O'zbekiston Xitoyga 2021-yilning 10 oyi davomida 3,4 mlrd m3 yoki 601mln dollarlik gaz sotgani aytilgan. bir nechta matematik hisob kitoblar bilan mamlakatimiz Xitoyga har 1000m³ tabiiy gazni 175$ dan eksport qilinganligi bilib olamiz.
Statistika qo'mitasining ma'lumotlarida esa joriy yilning 9 oyida 2,02 mlrd dollarlik tovar va xizmatlar, shu jumladan 779 mln dollorlik tabiiy gaz Xitoyga eksport qilingani qayd etilgan. Shunda joriy yilning 9 oyida gazimiz o'tgan yilgi narxlarda sotilgan deb hisoblasak unda jami 4.45 mlrd m³ gazni yoki taxminan 9 oylik jami qazilgan gazning 10% dan ko’proq qismi eksport qilingan bo'lib chiqadi(albatta joriy yilda gaz narxida turli tebranishlar kuzatilganligini hisobga olsak eksport hajmi yuqoridagi hisob kitoblarda biroz farq qilishi mumkin lekin bu umumiy xulosani o’zgartirmaydi).

2021 -yil ma'lumotlariga ko'ra jami 53.8 mlrd m³ gaz qazib chiqarilgan bo'lib, "O'zbekneftgaz" korxonasi 34.1 mlrd m³, Rossiyaning Lukoil korxonasi esa 13.8 mlrd m³ ishlab chiqarishi ko’zda tutilgan

Xolis qaralganda O'zbekistondagi chet el kompaniyalari qazib chiqargan gazning bir qismini Xitoyga, qolganini esa O'zbekistonga sotayotgan bo'lib chiqadi(taxminiy hisob kitoblarga ko’ra). Shu o'rinda hukumatimiz xorijiy gaz qazib chiqaruvchi kompaniyalardan qimmat narxda olib (balki 175$ dan) aholi uchun 34$, biznes uchun 100$ sotayotgan bo'lishi mumkin(huddi bir necha yil oldin kuzatilgani kabi). Hukumatimiz energetika sohasida juda katta bosim ostida, shunday qiyin tanlov oldida hukumat kimga yon bosishni aniqlashtirib olishi kerak. Aytish kerakki, o'n minglab insonlar vaqtlarini gaz quyish shahobchalarida navbatlarda turib o'tqazayotgan bir vaqtda, yer ostidagi quvurlardan milliardlab m³ gaz Xitoy xalqi uchun sotilmoqda.

@Numberspeaks