Get Mystery Box with random crypto!

Umumiy qozonning adolatsiz taqsimoti haqida. Toshkent shahri | Numberspeaks

Umumiy qozonning adolatsiz taqsimoti haqida.

Toshkent shahrining 6 oylik mahalliy byudjet mablag'larining xarajatlari va daromadlari haqidagi hisoboti e-qaror.gov.uz saytida joylangan edi. Xabarning eng asosiy e'tiborni tortadigan tomoni bu 1 667 mlrd so'mning 3 ta modda bo'yicha sarflanganligi. Toshkent shahridagi bir nechta hokimlarning istagi bilan sarflangan. Bu mablag'larning qanchasi haqiqatda manziliga yetib bordi, qanchasi esa turli yo'llar bilan o'zlashtirildi bunisi na bizga na sizga ayon
.
Qandaydir parallel olamda emas balki aynan mana shu mamlakatda "tashabbusli budjet" loyihasining ikkinchi mavsumida 7 mlndan ortiq inson ishtirok etgan. Bu degani (qariyb) 7 mln O'zbekiston fuqorosi eng birlamchi extiyojlari yo'l, maktab, ichimlik suvi kabi muammolarining yechilishi uchun 1 trln so'mning taqsimlanishida faol qatnashib, ovoz yig'ish uchun minglab tadbir o'tqazib, yutish uchun qattiq kurashdilar, boshqa tomonda esa Toshkent shahridagi bir nechta hokimlar 1,6 trln so'mni bilganlaricha sarflashmoqda. Afsuski, ikkala holat ham qonuniy lekin adolatli emas. Tog'ri, "tashabbusli budjet" loyihasiga ajratiladigan mablag'lar miqdori 2023-yildan oshiriladi, lekin hokimlarning trillionlab xalq pulini o'z xohishlaridan kelib chiqib samarasiz va adolatsiz ishlatishlarining oldini olish bo’yicha harakatlar yetishmayotgandek.

@Numberspeaks