Get Mystery Box with random crypto!

2/2 Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq 'G‘ildir | Numberspeaks

2/2

Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq
"G‘ildirakli transport vositalari, o‘zi yurar mashinalar va ularning tirkamalari uchun utilizatsiya yig‘imini undirish, qaytarish va undan foydalanish tartibi to‘g‘risida" 2021-yil 9-iyunda  nizom qabul qilingan bo'lib, ushbu nizom 7 bob, 32  moddadan iborat.
Ushbu nizomning ayrim jihatlariga e'tibor qaratsak. Nizomga muvofiq import qilinadigan va mamlakat hududida ishlab chiqarilgan va yig'iladigan avtomobillar uchun utilizatsiya yig'imlarini undirish majburiy qilib belgilangan. Mahalliy ishlab chiqaruvchilar utilizatsiya yig'imini to'layaptimi yoki yo'q buni bilmayman.
Utilizatsiya yig‘imi 100 foiz miqdorida daromadlar bo‘yicha g‘aznachilik shaxsiy hisob varag‘iga kelib tushishi, shuningdek, utilizatsiya bilan shug'ullanuvchi tashkilot va infrastrukturalar tashkil qilish belgilangan.
Nizom yuzasidan yuzaga kelgan savollarning ayrimlariga to'xtalsak. 1.Nega import qilinayotgan transport vositalari uchun utilizatsiya yig'imi oldindan undiriladi? Agar 1.5 m³, yangi avtomobil uchun yig'im 39 mln bo'lsa va shu mashina 10 yildan keyin yaroqsiz holatga keladi deb qarasak, 39 mlnni eng kam foizda omonatga qo'ysa va 10 yildan keyin  mashinaning egasi o'zi utilizatsiya qilmoqchi bo'lib bankdan pulini olmoqchi bo'lib borsa, 262 mln so'm berishadi, albatta, inflatsiya ham to'xtab turmaydi lekin baribir anchagina katta mablag' bo'ladi va bu pullarga utilizatsiya qilish bilan birgalikda arzonroq mashina ham olish mumkin bo'lar.
2.Haqiqatdan mashina davlat tomonidan utilizatsiya qilindi deylik unda faqat 1 mashina 1 marta qilinadi 1.5 marta emas. Unda nega bir xil mashina uchun ishlab chiqarilgan yiliga qarab 2 xil miqdor qo'yilgan.  Yuqoridagi avtomobil misolida agar ishlab chiqarilganiga 3 yil bo'lmagan bo'lsa BHM ning 120 barobari, 3 yildan ortiq bo'lsa BHM ning 210 barobari.
Qanday qilib bir xil  mashinani utilizatsiya qilish ham 39 mln, ham 69 mln  bo'lishi mumkin.
3.Umuman 2021-yildan beri bir dona utilizatsiya bilan  shug'ullanuvchi korxona tuzildimi.? Tuzilgan bo'lsa qancha mashina utilizatsiya qilindi.? Undirilgan yig'imlar qancha va ular nimaga sarflandi.?
4.O'zbekistonda eski mashina egalari mashinasidan qutilish uchun kimgadir pul berishini tasavvur qilish ham qiyin. Eski mashinalarni utilizatsiya qiluvchi kichik tadbirkorlar mavjud va ular yaroqsiz mashina egalariga millonlab pul to'lashga tayyor aslo teskarisi emas.
UNDA NEGA UTILIZATSIYA YIG'IMI KERAK.? Qiyin Savol kim javob beradi?

@numberspeaks