Get Mystery Box with random crypto!

1/2 2022-yil, 22 -fevral va 15-aprel  kunlari PQ -137-son va | Numberspeaks

1/2

2022-yil, 22 -fevral va 15-aprel  kunlari PQ -137-son va PQ-208-sonli ikkita qaror imzolangan. Bu ikkita qaror bir-birini to'ldiruvchi bo'lib dastlabki qaror divigatel  xajmi 2500 sm³ li avtotransport vositalari uchun ikkinchisi esa divigatel sig'imi 2500 sm³ dan yuqori bo'lganlariga tegishli.
Qarorlar ikki qismdan iborat bo'lib, dastlab qarorlar kuchga kirgan sanalarda (22-fevral, 15-aprel) va 2023 -yil 1-yanvarda bo'ladigan asosiy o'zgarishlarni o'z ichiga olgan.  Qarorlarning boshqa  jihatlarini yuristlar e'tiboriga  qoldirib, 2023-yil 1-yanvardan  import qilinadigan avtomobillarning  bir yil oldingiga qaraganda majburiy to'lovlarning qanchalik farq qilishiga e'tibor qaratsak.
Ijobiy o'zgarishlar yetarlicha, 1-yanvardan ishlab chiqarilganiga bir yildan oshmagan, ichki yonuv divigatelli barcha avtomobillar uchun bojxona boji 15% (avval 30%), QQS 12%(15%) va divigatel xajmiga qarab 2 barobargacha arzonlashgan qo'shimcha koeffitsiyentlar undiriladi.
Yana ham tushunarliroq bo'lishi uchun eng ommabop bo'lgan narxi 10000$, dvigatel hajmi 1500 sm³ li ishlab chiqarilganiga 1 yildan oshmagan avtomobilni import qilishdagi majburiy to'lovlarning o'zgarishiga e'tibor qaratsak.
Eski tartib bo'yicha, bojxona boji-3000$, QQS-1500$, divigatel xajmiga bo'yicha qo'shimcha koeffitsiyentlar 3000$ jami 7500$, yangi tartib bo'yicha esa, bojxona boji -1500$, QQS - 1200$, divigatel xajmi bo'yicha qo'shimcha koeffitsiyentlar 900$ jami 3600$.
Bundan tashqari utilizatsiya yig'imi (BHM 120 barobari ≈39 mln )va bojxona yig'imlari (100-300$) ham mavjud ular o'zgarishsiz qolgan.
Taxminan olib qaralsa misolda keltirilgan avtomobilni olib kirish≈ 22000$ bo'lgan bo'lsa yangi tartibda ≈18000$ atrofida bo'ladi.
50 000$li yangi, divigatel xajmi 3000 sm³  bo'lgan avtomobillardagi farq avval ≈ 87000$, yanvardan ≈73000$
Albatta, yuqoridagi xisob kitoblar barchasi taxminiy bo'lib  osonroq tushunish uchun qilindi xolos. Keyingi qadam utilizatsiya yig'imining bekor bo'lishi, bojlarning 5-10% da bo'lishi, qo'shimcha koeffitsiyentning yana 2 barobar pasayishini kutish va xolis tanqidlardan to'xtamaslik.

@numberspeaks