Get Mystery Box with random crypto!

Novqa.uz | Kuch birlikda

Telegram kanalining logotibi novqauz — Novqa.uz | Kuch birlikda N
Telegram kanalining logotibi novqauz — Novqa.uz | Kuch birlikda
Kanal manzili: @novqauz
Toifalar: Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.44K
Kanalning ta’rifi

Video kursimiz haqida: @novqaKursbot
😎 Botlarda reklama: @novqaAds
Blog: @Jamshidbek_Qayumov

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2022-06-05 15:37:00
Bundan 2 yil oldin shu botni tuzgan ekanmiz, hozir ko'rib qoldim

O'zi boshlanishi shunaqa bo'ladi, bot rasmi, holati dahshat

P.S: Xobbilar ko'pda xobbilar, tinchlik bermaydi

@novqauz
943 views12:37
Ochish/sharhlash
2022-06-05 12:08:00 A52 olib mazza qilib ishlatish @novqabot'ga investitsiya kiritish

Tanlash kerak nasib qilsa

@novqauz
871 views09:08
Ochish/sharhlash
2022-06-05 08:38:00 IT kanal va botlar haqida qisqacha statistika
#post

Hozirda @kwork_uzbot va @kworkteam loyihalari SMM menejer sifatida ish faoliyatini olib borayabmiz.

Ba'zi statistikalar bilan sizlarni tanishtirmoqchiman:
1. IT ga aloqador va obunachilar soni 5 mingdan ortiq auditoriyaga ega va sifatli kanallar soni: 30 dan ozgina ko'p ekan
2. IT ga aloqador va faol obunachilar 7 mingdan ortiq, brend sifatida ozgina bo'lsa ham rivojlangan va reklama olsa bo'ladigan botlar soni atiga: 15 dan ozgina ko'p ekan

Men o'ylagandan ancha kam ekan, to'g'ri bot va kanallar yo'q emas bor lekin ularning ko'pchiligida reklama olib bo'lmaydi. Chunki bot tartibsiz, unchalik foydali emas, brend darajasi juda past, har-xil reklamalar yuborilgan, bunaqa joyda reklama olish, reklama qilinayotgan loyihaning obrosini tushirib yuboradi ko'tarish o'rniga. Shu sababdan biron loyiha qilsangiz shoshilmasdan bir yo'la yaxshilab ishlashni va obunachilar sonini hech bo'lmaganida 10 mingtadan oshirib qo'yishni maslahat beraman.

Siz boshqalar ochgan bot yoki kanalni ko'chirib o'shanga o'xshash qilib ochishdan sizga foyda bo'lmaydi, Siz boshqalar qila olmayotgan yoki hali rivojlanmagan biron yo'nalish yoki boshqacha usulda loyiha qilsangiz tez rivojlantirishingiz mumkin.

Yuqoridagi statistika aynan IT ga aloqador va reklama olsa bo'ladigan bot va kanallar haqida. Biron o'quv markaz yoki shu kabi kanallar bu ro'yxatga kiritilmagan

@novqauz
907 viewsedited  05:38
Ochish/sharhlash
2022-06-02 15:50:04 Online ishlashning ba'zi tomonlarini ko'rib chiqamiz
#post

Yaxshi tomonlaridan ba'zilari:
01 - Erkin ish grafigi
02 - Asosiy ishga qo'shimcha sifatida ham ishlash mumkin
03 - Istalgan formada ishlasa bo'ladi))
04 - Yo'lkira va yo'l uchun vaqt sarflamaysiz
05 - Pul sanamaysiz yoki katta summadagi pullarni ham 1 sekundda sanash mumkin))

Bir oz minus bo'ladigan tomonlari:
01 - Kechqurun ham ishlashga to'g'ri kelishi mumkin
02 - Bir joyda ko'p o'tirishga to'g'ri keladi
03 - Ta'tilga chiqish ancha qiyin bo'ladi
04 - Juda ko'p yozishmalarni amalga oshirasiz
05 - Negativlar bilan ishlashga to'g'ri keladi

Bu men keltirib o'tgan ba'zi holatlar, online ishlashning yaxshi tomonlari ham kamchiliklari ham bor. Hozir online ham katta tezlikda rivojlanib bormoqda shu sababdan online'ga ham o'tish kerak, hech bo'lmaganida o'rganib qo'yish zarar qilmaydi

Ro'yxatni davom ettiring

@novqauz
988 views12:50
Ochish/sharhlash
2022-05-31 18:22:53 Yoz ham keldi, nimalar qilishimiz mumkin

Yoz faslidan ham unumli foydalanish mumkin ayniqsa maktab o'quvchisi yoki talaba bo'lsangiz, o'qituvchilar ham nisbatan bo'sh bo'lishadi bu faslda.

Sizda 3 oy vaqt bor va bu vaqtda ko'plab o'quv markazlar aynan yoz fasliga moslab kurslar tashkillashtiradi. Masalan: Kompyuter savodxonligi, Dizaynerlik, Kopirayterlik, SMM menejer, Dasturlash uchun poydevor, Ingliz yoki boshqa biron fandan ham ma'lum darajagacha o'rganishingiz mumkin.

Agarda siz yashaydigan joyda sizni qiziqtiradigan yoki o'rganishni niyat qilgan sohani topa olmasangiz unda shaharga yoki boshqa biron shaharga borib o'rganishingiz ham mumkin. Masalan ingliz tilini 0 dan o'rganib bemalol "Beginner" darajani tugatishingiz mumkin.

Yoki yoz bo'yi qattiq mehnat qilib, pul yig'ib kompyuter olishingiz yoki biron sohaga kuz faslidan boshlab tayyorlanish maqsadida pul jamg'arishingiz mumkin.

Qanaqa foydali ish bilan shug'ullansangiz ham aniq bir maqsadingiz bo'lsin, aytganday yoz faslining boshida va ayniqsa 1-iyul bolalar kunida ko'plab kurslar ham chegirmalar bo'ladi, bu ham sizga bir imkoniyat bo'lishi mumkin

@Jamshidbek_Qayumov
1.0K views15:22
Ochish/sharhlash
2022-05-29 16:59:11 IT soxasida qizlar uchun shunaqa yo'nalishlar borki, siz bu yo'nalishlarni uyda o'tirgan xolda o'rganishingiz (albatta ustoz bilan) va online ishlashingiz mumkin

Shunaqa ishi bo'lishini xohlovchi qizlar bormikan o'zi?

@novqauz
1.1K views13:59
Ochish/sharhlash
2022-05-26 19:15:00

1.3K views16:15
Ochish/sharhlash
2022-05-26 15:17:03 @rizqimuz kanaliga 2 oylik shartnoma bilan ishga kirgan edim, bugun shartnoma yakunlandi, yana 4 oyga, oldingi oylikdan 2 xissa ko'prog'iga kelishib shartnoma tuzdik.

Shu 2 oylik kanalda adminlik qilish davomida ish rosa ko'pligiga, deyarli barchasi xech bo'lmaganda 6 oy yoki 1 yillik tajribali xodim izlayotganiga, 3-4 yillik tajribali xodimlarga yuqori maosh taklif qilishayotganiga guvoh bo'ldim.

Eng ko'p e'lonlar SMM va Grafik dizaynerlarga bo'ldi. Boshida bepul ishlab bo'lsa ham yoki kam oylikka bo'lsa ham kamida 6 oylik tajribangiz bo'lsin.

Ish beruvchilar deyarli barcha e'lonlarida qidirayotgan xodimlarining muomilasi, ishni vaqtida bajarishi va til bilishiga e'tibor berishganini ko'rdim.

Shunday qilib eng zo'r kursda o'qisangiz ham bepulga bo'lsa ham ishlab tajriba yig'ing, bu qanchalik muhimligini kanalga o'tib e'lonlarga qarab ham bilib olsangiz bo'ladi.

Bundan oldingi postni yana 1 marta o'qing.

@novqauz
1.1K viewsedited  12:17
Ochish/sharhlash
2022-05-24 17:49:59 Mardikorlik qiladigan bola menda 1 yillik tajriba bor deb ishga borsa va tajribali bo'lganim uchun menga ko'proq pul berasiz deb aytsa, ish beruvchi xazillashayabsanmi ukam deb aytadi

Lekin o'g'il bola bo'lsin yoki qiz bola bo'lsin biron kasbda 1 yillik tajribasi bo'lsa unda bemalol tajribasiz insonlarga nisbatan ko'proq maosh olishi mumkin. (Temurbek Adhamov'ning Aloxida mavzuda aytib o'tgan gaplari)

Videoni youtube orqali ko'rish

P.S: Shu joyi zo'r chiqdida o'zi, Temurbek akayam misol keltirishni qotiradida

@novqauz
1.0K views14:49
Ochish/sharhlash