Get Mystery Box with random crypto!

Yoz ham keldi, nimalar qilishimiz mumkin Yoz faslidan ham unu | Novqa.uz | Kuch birlikda

Yoz ham keldi, nimalar qilishimiz mumkin

Yoz faslidan ham unumli foydalanish mumkin ayniqsa maktab o'quvchisi yoki talaba bo'lsangiz, o'qituvchilar ham nisbatan bo'sh bo'lishadi bu faslda.

Sizda 3 oy vaqt bor va bu vaqtda ko'plab o'quv markazlar aynan yoz fasliga moslab kurslar tashkillashtiradi. Masalan: Kompyuter savodxonligi, Dizaynerlik, Kopirayterlik, SMM menejer, Dasturlash uchun poydevor, Ingliz yoki boshqa biron fandan ham ma'lum darajagacha o'rganishingiz mumkin.

Agarda siz yashaydigan joyda sizni qiziqtiradigan yoki o'rganishni niyat qilgan sohani topa olmasangiz unda shaharga yoki boshqa biron shaharga borib o'rganishingiz ham mumkin. Masalan ingliz tilini 0 dan o'rganib bemalol "Beginner" darajani tugatishingiz mumkin.

Yoki yoz bo'yi qattiq mehnat qilib, pul yig'ib kompyuter olishingiz yoki biron sohaga kuz faslidan boshlab tayyorlanish maqsadida pul jamg'arishingiz mumkin.

Qanaqa foydali ish bilan shug'ullansangiz ham aniq bir maqsadingiz bo'lsin, aytganday yoz faslining boshida va ayniqsa 1-iyul bolalar kunida ko'plab kurslar ham chegirmalar bo'ladi, bu ham sizga bir imkoniyat bo'lishi mumkin

@Jamshidbek_Qayumov