Get Mystery Box with random crypto!

IT kanal va botlar haqida qisqacha statistika #post Hozirda | Novqa.uz | Kuch birlikda

IT kanal va botlar haqida qisqacha statistika
#post

Hozirda @kwork_uzbot va @kworkteam loyihalari SMM menejer sifatida ish faoliyatini olib borayabmiz.

Ba'zi statistikalar bilan sizlarni tanishtirmoqchiman:
1. IT ga aloqador va obunachilar soni 5 mingdan ortiq auditoriyaga ega va sifatli kanallar soni: 30 dan ozgina ko'p ekan
2. IT ga aloqador va faol obunachilar 7 mingdan ortiq, brend sifatida ozgina bo'lsa ham rivojlangan va reklama olsa bo'ladigan botlar soni atiga: 15 dan ozgina ko'p ekan

Men o'ylagandan ancha kam ekan, to'g'ri bot va kanallar yo'q emas bor lekin ularning ko'pchiligida reklama olib bo'lmaydi. Chunki bot tartibsiz, unchalik foydali emas, brend darajasi juda past, har-xil reklamalar yuborilgan, bunaqa joyda reklama olish, reklama qilinayotgan loyihaning obrosini tushirib yuboradi ko'tarish o'rniga. Shu sababdan biron loyiha qilsangiz shoshilmasdan bir yo'la yaxshilab ishlashni va obunachilar sonini hech bo'lmaganida 10 mingtadan oshirib qo'yishni maslahat beraman.

Siz boshqalar ochgan bot yoki kanalni ko'chirib o'shanga o'xshash qilib ochishdan sizga foyda bo'lmaydi, Siz boshqalar qila olmayotgan yoki hali rivojlanmagan biron yo'nalish yoki boshqacha usulda loyiha qilsangiz tez rivojlantirishingiz mumkin.

Yuqoridagi statistika aynan IT ga aloqador va reklama olsa bo'ladigan bot va kanallar haqida. Biron o'quv markaz yoki shu kabi kanallar bu ro'yxatga kiritilmagan

@novqauz