Get Mystery Box with random crypto!

@rizqimuz kanaliga 2 oylik shartnoma bilan ishga kirgan edim, | Novqa.uz | Kuch birlikda

@rizqimuz kanaliga 2 oylik shartnoma bilan ishga kirgan edim, bugun shartnoma yakunlandi, yana 4 oyga, oldingi oylikdan 2 xissa ko'prog'iga kelishib shartnoma tuzdik.

Shu 2 oylik kanalda adminlik qilish davomida ish rosa ko'pligiga, deyarli barchasi xech bo'lmaganda 6 oy yoki 1 yillik tajribali xodim izlayotganiga, 3-4 yillik tajribali xodimlarga yuqori maosh taklif qilishayotganiga guvoh bo'ldim.

Eng ko'p e'lonlar SMM va Grafik dizaynerlarga bo'ldi. Boshida bepul ishlab bo'lsa ham yoki kam oylikka bo'lsa ham kamida 6 oylik tajribangiz bo'lsin.

Ish beruvchilar deyarli barcha e'lonlarida qidirayotgan xodimlarining muomilasi, ishni vaqtida bajarishi va til bilishiga e'tibor berishganini ko'rdim.

Shunday qilib eng zo'r kursda o'qisangiz ham bepulga bo'lsa ham ishlab tajriba yig'ing, bu qanchalik muhimligini kanalga o'tib e'lonlarga qarab ham bilib olsangiz bo'ladi.

Bundan oldingi postni yana 1 marta o'qing.

@novqauz