2023-03-30 13:54:50
Isroilda uyda parvarishlash sohasiga fuqarolar ishga taklif etiladi
Nomzodlar uchun talablar:
25-45 yosh oralig‘ida;
Bo‘yi kamida 1,5 metr va vazni kamida 45 kg;
parvarishlash bo‘yicha O‘zbekistonda tan olinadigan va nazorat qilinadigan kamida 240 soatlik o‘quv kursini tugatganini tasdiqlovchi sertifikat;
tibbiyot kolleji yoki boshqa o‘quv markazlarida kamida 18 oylik hamshiralik ishi kursini tugatganini tasdiqlovchi diplom;
O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv muassasasida fizioterapiya kursini tugatganini tasdiqlovchi diplom;
ingliz va rus tilini o‘rta darajada bilishi;
kamida 9 yillik o‘rta taʼlim maktabini tugatganini tasdiqlovchi shahodatnoma;
ilgari Isroilda ishlamagan bo‘lishi;
Isroilda ishlayotgan yoki yashayotgan turmush o‘rtog‘i, ota-onasi yoki farzandlari bo‘lmasligi;
jismonan va ruhan sog‘lom
(sil, gepatit, sifilis, gonoreya va OITS bilan kasallanmagan) bo‘lishi hamda jismoniy parvarish ishlarini bajarishga qodir, giyohvandlik yoki spirtli ichimliklarni isteʼmol qilmasligi;
sudlanmagan;
O‘zbekiston fuqaroligi;
COVID-19ga qarshi emlangan, karantin talablariga rioya qilish.
Oylik ish haqi: 5300 shekel
(1500 AQSH dollar)
Ish vaqti: o‘zgaruvchan
Isroil tomoniga xizmatlar savati
(1000 AQSH dollari), aviachipta, viza, Agentlik to‘lovi, yashash xarajatlari fuqaro hisobidan.
Yuqoridagi talablarga javob beradigan fuqarolar quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.
Ro‘yxatdan o‘tish
Izoh: ayol nomzodlarga ustunlik beriladi.
Axborot kanallarimizni kuzatib boring
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt
892 views10:54