Get Mystery Box with random crypto!

Isroilda uyda parvarishlash sohasiga fuqarolar ishga taklif et | NAVOIY MIGRATSIYA

Isroilda uyda parvarishlash sohasiga fuqarolar ishga taklif etiladi

Nomzodlar uchun talablar:

25-45 yosh oralig‘ida;

Bo‘yi kamida 1,5 metr va vazni kamida 45 kg;

parvarishlash bo‘yicha O‘zbekistonda tan olinadigan va nazorat qilinadigan kamida 240 soatlik o‘quv kursini tugatganini tasdiqlovchi sertifikat;

tibbiyot kolleji yoki boshqa o‘quv markazlarida kamida 18 oylik hamshiralik ishi kursini tugatganini tasdiqlovchi diplom;

O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv muassasasida fizioterapiya kursini tugatganini tasdiqlovchi diplom;

ingliz va rus tilini o‘rta darajada bilishi;

kamida 9 yillik o‘rta taʼlim maktabini tugatganini tasdiqlovchi shahodatnoma;

ilgari Isroilda ishlamagan bo‘lishi;

Isroilda ishlayotgan yoki yashayotgan turmush o‘rtog‘i, ota-onasi yoki farzandlari bo‘lmasligi;

jismonan va ruhan sog‘lom (sil, gepatit, sifilis, gonoreya va OITS bilan kasallanmagan) bo‘lishi hamda jismoniy parvarish ishlarini bajarishga qodir, giyohvandlik yoki spirtli ichimliklarni isteʼmol qilmasligi;

sudlanmagan;

O‘zbekiston fuqaroligi;

COVID-19ga qarshi emlangan, karantin talablariga rioya qilish.

Oylik ish haqi: 5300 shekel (1500 AQSH dollar)

Ish vaqti: o‘zgaruvchan

Isroil tomoniga xizmatlar savati (1000 AQSH dollari), aviachipta, viza, Agentlik to‘lovi, yashash xarajatlari fuqaro hisobidan.

Yuqoridagi talablarga javob beradigan fuqarolar quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.

Ro‘yxatdan o‘tish

Izoh: ayol nomzodlarga ustunlik beriladi.

Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt