Get Mystery Box with random crypto!

Navoiy kanal

Telegram kanalining logotibi navoiy — Navoiy kanal N
Telegram kanalining logotibi navoiy — Navoiy kanal
Kanal manzili: @navoiy
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 85.26K
Kanalning ta’rifi

Navoiy viloyati va Navoiy shahri yangiliklari kanaliga xush kelibsiz!
Reklama uchun 👉 @ClickUZB
Navoiyda bo'lgan voqea va hodisalarga guvoh bo'lsayiz foto va videolarini @dmin_navoiy ga yuboring.

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 248

2021-02-11 06:32:56
Navoiy davlat pedagogika institutida tibbiyot yo‘nalishidagi fakultet tashkil etiladi

2021/22 o‘quv yilida tibbiyot oliygohlari bo‘lmagan Qarshi davlat universiteti, Jizzax davlat pedagogika instituti, Navoiy davlat pedagogika instituti va Guliston davlat universitetlarida tibbiyot yo‘nalishidagi fakultetlar tashkil etiladi. Bu haqda «Taraqqiyot strategiyasi» markazi tashabbusi bilan o‘tkazilgan xalqaro forumda SSV vakili O‘ktam Ismailov ma’lum qilgan.

Ismailovning so‘zlariga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi davrida O‘zbekiston bo‘ylab qariyb 30 ming o‘rinli davolash maskanlari tashkil etilgan.

Ushbu maskanlar 85 mln dollarlik 3 ta MSKT, 56 ta rentgen, 2 303 ta funksional krovat, 2 960 ta SIPAP, 5 537 ta kislorod konsentratori, 1 850 ta IVL, 1 564 ta kardiomonitor, 150 ta PZR apparati va boshqa zaruriy anjomlar bilan ta’minlangan.

2021 yilda qo‘shimcha ravishda 100 ta oilaviy shifokor punkti va 24 ta oilaviy poliklinika tashkil etiladi.

@NAVOIY Kanali
15.2K viewsedited  03:32
Ochish/sharhlash
2021-02-10 09:04:37
Navoiyda Cobalt va Tico to‘qnashishi oqibatida haydovchilardan biri yonib ketdi.

@NAVOIY Kanali
12.8K viewsedited  06:04
Ochish/sharhlash
2021-02-09 13:13:50
Zarafshonda haydovchining shoshqaloqligi sababli bir kishi hayotdan ko‘z yumdi

@NAVOIY Kanali
12.5K viewsedited  10:13
Ochish/sharhlash
2021-02-09 10:04:53
Fuqaro murojaati.
Pochtamiz ahvoli

@NAVOIY Kanali
11.9K views07:04
Ochish/sharhlash
2021-02-08 16:41:40
Navoiyda sud raisi gazeta muharririga buyurtma maqola chiqarilmagani uchun tahdidli xat yo‘lladi

Navoiy viloyati Uchquduq tuman iqtisodiy sudi raisi Xurshid Tursunov «Uchquduq» gazetasi tahririyati muharririga yuborgan maqolalarini chop etib, gazetadan bir nusxa jo‘natmasa, jarimaga tortishi haqida tahdidli xat jo‘natgan. Sudning buyurtma maqolasi esa plagiat bo‘lib chiqqan.

Sud raisi 2020 yilning 22 sentyabrida rasmiy xatga ilova qilgan holda «Korrupsiya – jamiyat taraqqiyoti kushandasi» sarlavhali maqola jo‘natgan. Ammo tahririyat mazkur maqolani chop etmagan. Eng qizig‘i, sud raisi rasmiy xatida qo‘shimcha eslatmalarsiz (!) maqolasi gazetada chop etilganidan so‘ng sudga 1 nusxa jo‘natishni so‘ragan.

@NAVOIY Kanali
13.2K views13:41
Ochish/sharhlash
2021-02-08 16:00:10
Britaniya Kengashi Navoiyda IELTS imtihonini o'tkazadi. Ro'yhatdan o'tishga ulguring. Navoiy shahridagi hamkorimiz Navoiy Pedagogika Instituti bilan imtihonga ro`yxatdan o`ting (+998 90 501 32 34) va bepul 30 soatlik Road to IELTS tayyorlov materiallaridan foydalaning.

https://rpst.uz/brQ
13.0K views13:00
Ochish/sharhlash
2021-02-08 12:20:14
2020 yilda Navoiyda 796 ta bo‘sh turgan ob’yekt tadbirkorlarga ijaraga berilgan

Bu haqda Navoiyda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Bo‘sh turgan ob’yektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi viloyat hududiy boshqarmasida amalga oshirilayotgan ishlar sarhisobiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Ta’kidlanishicha, bugungi kunga qadar jami 7 131 ta ob’yekt o‘rganilib, shundan 651 tasi bo‘sh turganligi va samarasiz foydalanilayotganligi aniqlangan.

Viloyat hokimining qarorga asosan, ijtimoiy soha muassasalarining bo‘sh turgan 27 ta davlat mulki ob’yekti va yer maydonlari tuman (shahar) hokimliklari balansiga o‘tkazilgan. Shuningdek, vazirlik va idoralar tasarrufidagi 41 ta ob’yekt «E-ijro auksion» elektron savdo maydonchasi orqali ijaraga berish uchun auksionga chiqarilgan.

Ma’lumot uchun, 2020 yilda 796 ta bo‘sh turgan ob’yekt tadbirkorlarga ijaraga berilib, 2 mlrd 416 mln so‘m mablag‘ tushirilgan.

@NAVOIY Kanali
11.9K viewsedited  09:20
Ochish/sharhlash
2021-02-08 12:19:56
MOBIUZ dan mega chegirmalarni kutib oling!

Sizlarga qulaylik maqsadida yaratilgan maxsus ilova
https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.ecma.ussdc13_mobi
Telegramdan yuklab olish
https://t.me/c/1331566232/2020
To’plam qoldig’i va muddatini tekshirish  *102#
Saqlab oling va do’stlaringizga ham ulashing!!!
11.8K views09:19
Ochish/sharhlash
2021-02-07 16:39:18
#Tarqating
G'ozg'on shahrida qurilayotgan "SHOHIMARDON JOME MASJIDI" qurilish jaroyonlarini shu kanalimizda kuzatib boring
@Shohimardon_Jome_Masjidi
12.8K viewsedited  13:39
Ochish/sharhlash
2021-02-02 09:01:02 ​​«Baxt tekstil» MChJda sodir bo‘lgan yong‘inni o‘chirishga poyezd jalb qilingan

Navoiy shahridagi «Baxt tekstil» MChJda yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar qilgan edik. Favqulodda vaziyatlar vazirligi yuzaga kelgan yong‘in to‘g‘risida rasmiy ma’lumot berdi.

«Joriy yilning 31 yanvar kuni soat 22:07 da Navoiy viloyati FVB navbatchilik qismiga Navoiy shahrida joylashgan «Baxt tekstil» MChJ korxonasi omborxonasida yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Holat yuzasidan zudlik bilan Navoiy shahar FVB yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 22:10 da voqea joyiga yetib borgan. Sa’y-harakatlar natijasida yong‘in soat 22:30 da qurshab olinib, 1 fevral kuni soat 07:05 da to‘liq bartaraf etilgan.

Hodisa joyiga 13 ta maxsus texnika hamda yong‘in-qutqaruv ekipajlari, «Tinchlik» yong‘in o‘chirish poyezdi jalb etilgan. Ushbu holatda vafot etgan va jarohat olganlar yo‘q. Yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar aniqlanmoqda. Ayni vaqtda vaziyat yuzasidan tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda», deyiladi munosabatda.

@NAVOIY Kanali
201 views06:01
Ochish/sharhlash