Get Mystery Box with random crypto!

2020 yilda Navoiyda 796 ta bo‘sh turgan ob’yekt tadbirkorlarga | Navoiy kanal

2020 yilda Navoiyda 796 ta bo‘sh turgan ob’yekt tadbirkorlarga ijaraga berilgan

Bu haqda Navoiyda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Bo‘sh turgan ob’yektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi viloyat hududiy boshqarmasida amalga oshirilayotgan ishlar sarhisobiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Ta’kidlanishicha, bugungi kunga qadar jami 7 131 ta ob’yekt o‘rganilib, shundan 651 tasi bo‘sh turganligi va samarasiz foydalanilayotganligi aniqlangan.

Viloyat hokimining qarorga asosan, ijtimoiy soha muassasalarining bo‘sh turgan 27 ta davlat mulki ob’yekti va yer maydonlari tuman (shahar) hokimliklari balansiga o‘tkazilgan. Shuningdek, vazirlik va idoralar tasarrufidagi 41 ta ob’yekt «E-ijro auksion» elektron savdo maydonchasi orqali ijaraga berish uchun auksionga chiqarilgan.

Ma’lumot uchun, 2020 yilda 796 ta bo‘sh turgan ob’yekt tadbirkorlarga ijaraga berilib, 2 mlrd 416 mln so‘m mablag‘ tushirilgan.

@NAVOIY Kanali