Get Mystery Box with random crypto!

Navoiyda sud raisi gazeta muharririga buyurtma maqola chiqaril | Navoiy kanal

Navoiyda sud raisi gazeta muharririga buyurtma maqola chiqarilmagani uchun tahdidli xat yo‘lladi

Navoiy viloyati Uchquduq tuman iqtisodiy sudi raisi Xurshid Tursunov «Uchquduq» gazetasi tahririyati muharririga yuborgan maqolalarini chop etib, gazetadan bir nusxa jo‘natmasa, jarimaga tortishi haqida tahdidli xat jo‘natgan. Sudning buyurtma maqolasi esa plagiat bo‘lib chiqqan.

Sud raisi 2020 yilning 22 sentyabrida rasmiy xatga ilova qilgan holda «Korrupsiya – jamiyat taraqqiyoti kushandasi» sarlavhali maqola jo‘natgan. Ammo tahririyat mazkur maqolani chop etmagan. Eng qizig‘i, sud raisi rasmiy xatida qo‘shimcha eslatmalarsiz (!) maqolasi gazetada chop etilganidan so‘ng sudga 1 nusxa jo‘natishni so‘ragan.

@NAVOIY Kanali