Get Mystery Box with random crypto!

Navoiy kanal

Telegram kanalining logotibi navoiy — Navoiy kanal N
Kanaldagi mavzular:
Чилла
Тезкор
Даҳшат
Telegram kanalining logotibi navoiy — Navoiy kanal
Kanaldagi mavzular:
Чилла
Тезкор
Даҳшат
Kanal manzili: @navoiy
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 85.08K
Kanalning ta’rifi

Navoiy viloyati va Navoiy shahri yangiliklari kanaliga xush kelibsiz!
Reklama uchun 👉 @ClickUZB
Navoiyda bo'lgan voqea va hodisalarga guvoh bo'lsayiz foto va videolarini @dmin_navoiy ga yuboring.

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 247

2021-02-25 16:17:15
Navoiy viloyati delegasiyasi xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etmoqda

Ayni kunlarda Dubay shahrida dunyodagi eng yirik oziq-ovqat sanoati ko‘rgazmalaridan biri «Galfood–2021» bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu xalqaro ko‘rgazmada Navoiy viloyati hokimining investisiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi Nazirjon Jo‘rayev hamda Navoiy viloyati Eksportchilar uyushmasi rahbari Sardor Gʻafforov ishtirok etyapti.

Delegasiya a’zolari viloyatda investisiya salohiyatini oshirish, oziq-ovqat mahsulotlari eksporti geografiyasini kengaytirish, bu borada xorijiy biznes vakillari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni maqsad qilishgan.

Ko‘rgazma yakunida bir qator davlatlar bilan samarali hamkorlik shartnomalari imzolanishi ko‘zda tutilmoqda.

@NAVOIY Kanali
11.4K viewsedited  13:17
Ochish/sharhlash
2021-02-24 08:00:16
15 yoshli bola sodir etgan avtohalokatda bir kishi vafot etdi

Zarafshon shahrida koʻngilsiz avtohalokat sodir boʻldi, deya xabar bermoqda Navoiy viloyati IIB YXHB axborot xizmati.

Taʼkidlanishicha, Zarafshon shahrida yashovchi, 2006-yilda tugʻilgan B.X. “Cobalt” mashinasini boshqarib borayotib, shahar chorrahalaridan birida svetoforning qizil chirogʻida harakatlangan. Oqibatda ikkinchi koʻchadan kelayotgan, fuqaro X.X. boshqaruvidagi “Lacetti” mashinasiga borib urilgan.

Avtohalokat tufayli “Lacetti” avtomashinasi yoʻlovchisi, 1995-yilda tugʻilgan M.K. voqea joyida vafot etgan. Holat yuzasidan Zarafshon shahar IIB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

@NAVOIY Kanali
11.8K views05:00
Ochish/sharhlash
2021-02-24 07:30:04
World.uz Navoiydagi 2-litsey bilan hamkorlikda o'tkaziladigan CHET ELDA TA'LIM VA TA'TIL DASTURLARI bo'yicha seminarga taklif qiladi.

25-fevral (Payshanba)

15.00-17.00
Navoiy davlat konchilik instetuti 2 - akademik litseyi
G'alaba shox 186-uy (Mo'ljal: Ucell kompaniyasi ro'parasida) - Joylashuv

Tadbir davomida:

Angliya universitetlaridan stipendiyalar

Italiyada o'qish uchun grantlar

Angliya, Avstraliya, Misr uchun ta'til dasturlari (10-24 yoshlilar uchun)

Koreyadan kelgan mehmon bilan suhbat

AQSH va Germaniyaga Work and Travel dasturlari

Qatnashish uchun
quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'ting

BONUS:
Interaktiv - firma xizmatida chegirmalar hamda Angliya universitetlari uchun stipendiyalar

Navoiy
+998 94 5000030
+998 94 4160030

WORLD.UZ

Telegram | Instagram | Tik tok | Youtube | Facebook
11.6K views04:30
Ochish/sharhlash
2021-02-23 11:06:53
19 yoshli qizni fohishalik qilishga majburlagan ayol qoʻlga olindi

Navoiy viloyatida yashovchi 29 yoshli Z.Z. tanishi, 19 yoshli R.Oʻ.ning boshpanasiz va moddiy jihatdan qiynalib qolganligidan foydalanib, uni fohishalik qilishga majburlagani maʼlum boʻldi.

Taʼkidlanishicha, ayol R.Oʻ.ga oʻzi bilan birga yashashni taklif qilib, shu yoʻl orqali uning fuqarolik pasportini qoʻlga kiritadi va oʻziga moddiy jihatdan qaram boʻladigan vaziyatni yuzaga keltiradi. Keyin esa moddiy manfaat koʻrish maqsadida uni erkaklar bilan jinsiy aloqa qilishga majburlaydi.

U Navoiy shahrida joylashgan kafelardan birida shartli mijozga R.Oʻ.ni 400 ming soʻm evaziga jinsiy aloqa qilishi uchun 3 kunga sotgan vaqtida viloyat IIB xodimlari tomonidan ushlangan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Dastlabki tergov jarayonida Z.Z. ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

@NAVOIY Kanali
12.3K viewsedited  08:06
Ochish/sharhlash
2021-02-23 11:05:36
UZTELECOM-dan qulay va arzon Internet-to'plamlarga ulaning!
Barcha viloyatlar uchun amal qiladi!
My Uzmobile USSD ilovasidan foydalanib ko'ring
12.2K views08:05
Ochish/sharhlash
2021-02-23 08:35:55
Navoiyda mashina to‘siqqa urilib, yonib ketdi. Haydovchi qutqarib qolindi

@NAVOIY Kanali
14.2K views05:35
Ochish/sharhlash
2021-02-22 18:12:08
23 yoshli qiz o‘g‘rilikka qo‘l urdi

Navoiyda 23 yoshli qiz go‘zallik salonidan 3 ta smartfonni o‘g‘irlab ketdi. U salonga dastlab mijoz sifatida borgan.

3 ta smartfonni olib, voqea joyidan yashiringan qiz ularni sotib, o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

Ushbu fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

@NAVOIY Kanali
12.0K viewsedited  15:12
Ochish/sharhlash
2021-02-22 15:44:06
Ayanchli avtohalokat bir kishining umriga zomin boʻldi

Tomdi tumanida oqibati oʻlim bilan yakun topgan avtohalokat sodir boʻldi, deya xabar bermoqda Navoiy viloyati IIB YXHB matbuot xizmati.

Maʼlum boʻlishicha, 16-fevral kuni soat 5:50 larda Zarafshon shahrida yashovchi, 1997-yilda tugʻilgan fuqaro B.I. “Cobalt” mashinasini Tomdi tumani hududidan oʻtuvchi A-379 avtomobil yoʻlida boshqarib borayotib, Xatirchi tumanida yashovchi, 1980-yilda tugʻilgan fuqaro A.X. boshqaruvidagi “Nexia” mashinasiga urilgan.

Oqibatda “Nexia”da yoʻlovchi sifatida ketayotgan, 1993-yilda tugʻilgan J.R. voqea joyida vafot etgan. Holat yuzasidan Tomdi tumani IIB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

@NAVOIY Kanali
12.3K viewsedited  12:44
Ochish/sharhlash
2021-02-21 18:06:03
Chevrolet Onix mashinalari savdo oldi sertifikasiyasi uchun cheklangan miqdorda O‘zbekistonga olib kelindi.

Mashinalar narxi hozircha noma’lum.
Tahminan 14 000$ atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

Sotuv jarayoni yoz oylarida boshlanishi rejalashtirilgan.
12.5K views15:06
Ochish/sharhlash
2021-02-21 14:27:58
Kelayotan xafta Respublikamizda xavo xarorati -15 darajagacha tushib ketishi kutilmoqda.
12.0K views11:27
Ochish/sharhlash