Get Mystery Box with random crypto!

15 yoshli bola sodir etgan avtohalokatda bir kishi vafot etdi | Navoiy kanal

15 yoshli bola sodir etgan avtohalokatda bir kishi vafot etdi

Zarafshon shahrida koʻngilsiz avtohalokat sodir boʻldi, deya xabar bermoqda Navoiy viloyati IIB YXHB axborot xizmati.

Taʼkidlanishicha, Zarafshon shahrida yashovchi, 2006-yilda tugʻilgan B.X. “Cobalt” mashinasini boshqarib borayotib, shahar chorrahalaridan birida svetoforning qizil chirogʻida harakatlangan. Oqibatda ikkinchi koʻchadan kelayotgan, fuqaro X.X. boshqaruvidagi “Lacetti” mashinasiga borib urilgan.

Avtohalokat tufayli “Lacetti” avtomashinasi yoʻlovchisi, 1995-yilda tugʻilgan M.K. voqea joyida vafot etgan. Holat yuzasidan Zarafshon shahar IIB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

@NAVOIY Kanali