Get Mystery Box with random crypto!

Navoiy viloyati delegasiyasi xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etmo | Navoiy kanal

Navoiy viloyati delegasiyasi xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etmoqda

Ayni kunlarda Dubay shahrida dunyodagi eng yirik oziq-ovqat sanoati ko‘rgazmalaridan biri «Galfood–2021» bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu xalqaro ko‘rgazmada Navoiy viloyati hokimining investisiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi Nazirjon Jo‘rayev hamda Navoiy viloyati Eksportchilar uyushmasi rahbari Sardor Gʻafforov ishtirok etyapti.

Delegasiya a’zolari viloyatda investisiya salohiyatini oshirish, oziq-ovqat mahsulotlari eksporti geografiyasini kengaytirish, bu borada xorijiy biznes vakillari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni maqsad qilishgan.

Ko‘rgazma yakunida bir qator davlatlar bilan samarali hamkorlik shartnomalari imzolanishi ko‘zda tutilmoqda.

@NAVOIY Kanali