Get Mystery Box with random crypto!

Navoiy kanal

Telegram kanalining logotibi navoiy — Navoiy kanal N
Telegram kanalining logotibi navoiy — Navoiy kanal
Kanal manzili: @navoiy
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 85.26K
Kanalning ta’rifi

Navoiy viloyati va Navoiy shahri yangiliklari kanaliga xush kelibsiz!
Reklama uchun 👉 @ClickUZB
Navoiyda bo'lgan voqea va hodisalarga guvoh bo'lsayiz foto va videolarini @dmin_navoiy ga yuboring.

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 239

2021-03-17 05:00:32
Assalomu alaykum. Chorshanba tongi muborak bo'lsin azizlar .
@Navoiy kanali o'z ish faoliyatini boshlaydi
13 views02:00
Ochish/sharhlash
2021-03-16 12:32:51
Navoiy shahridagi markaziy koʻchaning bir qismi 3 kunga yopilmoqda

Navoiy shahridagi Islom Karimov shohkoʻchasining Meʼmorlar koʻchasidan Tolstoy koʻchasigacha boʻlgan qismi 19, 20, 21-mart kunlari avtomobil harakati uchun vaqtinchalik yopilmoqda.

@NAVOIY Kanali
1.2K viewsedited  09:32
Ochish/sharhlash
2021-03-16 12:32:28
UZTELECOM-dan qulay va arzon Internet-to'plamlarga ulaning!
Barcha viloyatlar uchun amal qiladi!
My Uzmobile USSD ilovasidan foydalanib ko'ring
1.2K views09:32
Ochish/sharhlash
2021-03-16 10:22:04
Navoiy viloyati Karmana tumanida maʼmuriy jarima va davlat bojlari uchun amalga oshirilgan toʻlovlarni talon-toroj qilinganligi fosh etildi.

Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda. 
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Karmana tuman boʻlimi tomonidan Markaziy bank Navoiy viloyati bosh boshqarmasining tekshirish dalolatnomasiga asosan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, AT “Xalq banki” Karmana filiali moddiy javobgar shaxslari 2020-yil davomida 414 holatda maʼmuriy jarima va davlat bojlari uchun amalga oshirilgan toʻlov kvitansiyalarini soxtalashtirib, toʻlovlarni bank dasturidan oʻtkazmasdan byudjetga 57,5 mln soʻm zarar yetkazganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish), 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda


@NAVOIY Kanali
8.9K viewsedited  07:22
Ochish/sharhlash
2021-03-16 05:00:29
Assalomu alaykum. Seshanba tongi muborak bo'lsin azizlar .
@Navoiy kanali o'z ish faoliyatini boshlaydi
175 views02:00
Ochish/sharhlash
2021-03-15 17:30:38 ​​Turkiyada qarz bo‘lib qolgan fuqaro Navoiylik 23 yoshli qizni sotib yubordi

Navoiy viloyati IIB TvaEQKB xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv harakatlari davomida, Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida yashovchi 1969 yilda tug‘ilgan fuqaro Q.M Navoiy shahrida yashagan 1998 yilda tug‘ilgan M.G‘ni dastlab, Toshkent shahrida joylashgan savdo do‘konlarida ishlatishni maqsad qiladi va aldab olib ketadi. Biroq, berilgan vadalar vadaligicha qolib, oradan hech qancha vaqt o‘tmasdan nafsi hakalak otgan ayol endigina 23 bahorni qarshilagan qizni 2020 yilning oktyabrida Toshkent xalqaro Aeroporti orqali Turkiya davlatiga olib chiqib ketadi. Ayon bo‘lishicha ayol degan nomga nomunosib Q.M g‘arazli va past maqsadlarni ko‘zlab, ushbu davlatda mavjud qarzi evaziga uni Turkiya davlatida yashovchi fuqarolarga sotib yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Navoiy viloyati IIB TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismi “z”bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.


@NAVOIY Kanali
112 views14:30
Ochish/sharhlash
2021-03-15 17:30:37
Noxush avtohalokat tufayli 3 kishi vafot etdi

Nurota tumanining “Temirqovuq” MFY hududida ayanchli avtohalokat sodir boʻldi, deya xabar berdi Navoiy viloyati IIB YHXB axborot xizmati.

Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 29-yanvar kuni tongda 25 yoshli haydovchi “Cobalt” mashinasini harakatlanish uchun moʻljallanmagan choʻl hududida yuqori tezlikda boshqarib borayotib, boshqaruvni yoʻqotgan. Oqibatda mashina agʻdarilib ketgan.

Haydovchi va 2 nafar yoʻlovchi voqea joyida vafot etgan. 1 nafar yoʻlovchi esa tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Hozirda holat yuzasidan tuman IIB TB tomonidan dastlabki tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

@NAVOIY Kanali
65 views14:30
Ochish/sharhlash
2021-03-15 16:30:05
O'Q OTISH SPORTI OMMALASHMOQDA

@NAVOIY Kanali
385 views13:30
Ochish/sharhlash
2021-03-15 16:00:42
"SEN BORSANKI" kino-konsert dasturi endi NAVOIY shahrida.
20 mart soat 19:00 "CLAVIJO GRAND" restoranida "BENOM" guruhining JONLI IJROdagi Premium konserti guvohi bo'ling. Restoran bosh oshpazi tomonidan bezatilgan stol Sizni kutmoqda.
Tel.:
97-378-78-77 | 55-378-78-77
258 views13:00
Ochish/sharhlash
2021-03-15 13:52:22
Navoiyda 7 gektar yerni 500 million so‘mga sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Navoiy viloyati boshqarmalari tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda fuqaro O.R. va «N.O.» fermer xo‘jaligi rahbari Yu.K. fuqaro O.ning ishonchiga kirib, unga tanishlari orqali xo‘jalikning paxta va g‘allachilik yo‘nalishidagi yer maydonining 7 gektarini 500 mln so‘m evaziga bog‘dorchilik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun hokimlik qarorini chiqarib berishga kelishib, oldindan 1 000 AQSh dollari va 239,5 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan O.R. va Yu.K.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


@NAVOIY Kanali
518 views10:52
Ochish/sharhlash