Get Mystery Box with random crypto!

​​Turkiyada qarz bo‘lib qolgan fuqaro Navoiylik 23 yoshli qizn | Navoiy kanal

​​Turkiyada qarz bo‘lib qolgan fuqaro Navoiylik 23 yoshli qizni sotib yubordi

Navoiy viloyati IIB TvaEQKB xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv harakatlari davomida, Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida yashovchi 1969 yilda tug‘ilgan fuqaro Q.M Navoiy shahrida yashagan 1998 yilda tug‘ilgan M.G‘ni dastlab, Toshkent shahrida joylashgan savdo do‘konlarida ishlatishni maqsad qiladi va aldab olib ketadi. Biroq, berilgan vadalar vadaligicha qolib, oradan hech qancha vaqt o‘tmasdan nafsi hakalak otgan ayol endigina 23 bahorni qarshilagan qizni 2020 yilning oktyabrida Toshkent xalqaro Aeroporti orqali Turkiya davlatiga olib chiqib ketadi. Ayon bo‘lishicha ayol degan nomga nomunosib Q.M g‘arazli va past maqsadlarni ko‘zlab, ushbu davlatda mavjud qarzi evaziga uni Turkiya davlatida yashovchi fuqarolarga sotib yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Navoiy viloyati IIB TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismi “z”bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.


@NAVOIY Kanali