Get Mystery Box with random crypto!

Navoiy viloyati Karmana tumanida maʼmuriy jarima va davlat boj | Navoiy kanal

Navoiy viloyati Karmana tumanida maʼmuriy jarima va davlat bojlari uchun amalga oshirilgan toʻlovlarni talon-toroj qilinganligi fosh etildi.

Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda. 
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Karmana tuman boʻlimi tomonidan Markaziy bank Navoiy viloyati bosh boshqarmasining tekshirish dalolatnomasiga asosan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, AT “Xalq banki” Karmana filiali moddiy javobgar shaxslari 2020-yil davomida 414 holatda maʼmuriy jarima va davlat bojlari uchun amalga oshirilgan toʻlov kvitansiyalarini soxtalashtirib, toʻlovlarni bank dasturidan oʻtkazmasdan byudjetga 57,5 mln soʻm zarar yetkazganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish), 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda


@NAVOIY Kanali