Get Mystery Box with random crypto!

Noxush avtohalokat tufayli 3 kishi vafot etdi Nurota tumanini | Navoiy kanal

Noxush avtohalokat tufayli 3 kishi vafot etdi

Nurota tumanining “Temirqovuq” MFY hududida ayanchli avtohalokat sodir boʻldi, deya xabar berdi Navoiy viloyati IIB YHXB axborot xizmati.

Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 29-yanvar kuni tongda 25 yoshli haydovchi “Cobalt” mashinasini harakatlanish uchun moʻljallanmagan choʻl hududida yuqori tezlikda boshqarib borayotib, boshqaruvni yoʻqotgan. Oqibatda mashina agʻdarilib ketgan.

Haydovchi va 2 nafar yoʻlovchi voqea joyida vafot etgan. 1 nafar yoʻlovchi esa tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Hozirda holat yuzasidan tuman IIB TB tomonidan dastlabki tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

@NAVOIY Kanali