Get Mystery Box with random crypto!

Navoiy kanal

Telegram kanalining logotibi navoiy — Navoiy kanal N
Kanaldagi mavzular:
Kia
Узбекистан
Carlifestyle
Supercars
Luxurycars
Carsofinstagram
Topreels
Kiabukhara
Dreamcars
All tags
Telegram kanalining logotibi navoiy — Navoiy kanal
Kanaldagi mavzular:
Kia
Узбекистан
Carlifestyle
Supercars
Luxurycars
Carsofinstagram
Topreels
Kiabukhara
Dreamcars
All tags
Kanal manzili: @navoiy
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 98.52K
Kanalning ta’rifi

Navoiy viloyati va Navoiy shahri yangiliklari kanaliga xush kelibsiz!
Reklama uchun 👉 @ClickUZB
Navoiyda bo'lgan voqea va hodisalarga guvoh bo'lsayiz foto va videolarini @dmin_navoiy ga yuboring.

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 232

2021-02-26 18:30:32
7 ming gektardan ortiq maydonda bog‘ va uzumzorlar barpo etiladi

Navoiy viloyatida joriy yil 7 012 gektar maydonda intensiv bog‘ va uzumzor yaratish rejalashtirilgan. Bu haqda «O‘zagroinspeksiya» viloyat boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, viloyatda 3 876 gektar tokzor hamda 3 136 gektar bog‘ yaratishga tayyorgarlik tadbirlari olib borilmoqda. Bugungi kunga qadar bog‘ yaratish uchun 1 mln 307 dona ko‘chat yetkazib berilgan. Tokzorlar barpo qilish uchun esa talab qilinadigan 4 mln 295 dona ko‘chatdan 2 mln 758 donasi fermer va tadbirkorlarga yetkazildi.

Joriy yilda Xatirchi tumanida 1 690 gektar maydonda tokzor hamda 540 gektar yerda bog‘ barpo etish rejaga kiritilgan. Nurota tumanida esa 635 gektar maydonda yangi bog‘, 1 045 gektar yerda tokzor barpo etiladi.

Shuningdek, joriy yilda Qiziltepada 325, Navbahorda 72, Karmanada 84 va Konimexda 38 gektar maydonda yangi bog‘ yaratilgan.

@NAVOIY Kanali
1.1K views15:30
Ochish/sharhlash
2021-02-26 10:59:02
Shoshiling!!! Millionlar sizni kutmoqda.
Shunchaki internet to'plam xarid qiling va millionlarni yutib olish imkoniyatini qo'lga kiriting!
5555 mb = 35000 so'm = Million yutib olish uchun imkoniyat
Har bir to'plam alohida bitta imkoniyat!
Sotib olish uchun USSD kod
*171*102*5555*1*011500330#
30.0K views07:59
Ochish/sharhlash
2021-02-26 07:30:14
Navoiyda 120 ta punktda emlash ishlari amalga oshiriladi

Navoiy viloyatida 120 ta emlash punktida koronavirusga qarshi emlash ishlari amalga oshiriladi. Bu haqda Kun.uz'ga Navoiy viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik boshqarmasi vrach epidemiologi Charos Xidirova ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, viloyatdagi 8 ta shahar va tumanda vaksina saqlash uchun omborxonalar qurilib, faoliyatini boshlagan. Shuningdek, hududlardagi emlash punktlari 78 mln so‘mdan ortiq mablag‘ga vaksinalarni tashish uchun 322 ta termosumka, 71 mln so‘mga 109 ta sovutkich bilan ta’minlangan.

Kuni kecha esa Navoiy viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik boshqarmasi hamda uning shahar va tuman bo‘limlariga 11 ta maxsus avtotransport vositasi yetkazib berilgan.

Bugungi kunda viloyat bo‘yicha koronavirusga qarshi ommaviy emlash tadbirlariga tayyorgarlik jarayoni davom etmoqda.

@NAVOIY Kanali
11.6K views04:30
Ochish/sharhlash
2021-02-26 07:00:18 Diqqat Diqqat

Yevropa mamlakatlarini zapt etmoqchimisiz unda bizning kampaniya

"EUROPEAN VISA” sizga shu imkoniyatlarni va SHENGEN VISA taqdim etadi

POLSHA
LATVIYA
GOLLANDIYA
PORTUGALIYA

Eng muximi xizmatlarimiz
tez arzon va qulay.

Manzil: Samarqand shahar,
Mirzo Ulugbek kuchasi 40

Mujjal: GUM

Murojaat uchun


+998955087771 +998942886464
+998993105321 +998915445599

T.me/Uzholidays
12.0K views04:00
Ochish/sharhlash
2021-02-25 16:17:15
Navoiy viloyati delegasiyasi xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etmoqda

Ayni kunlarda Dubay shahrida dunyodagi eng yirik oziq-ovqat sanoati ko‘rgazmalaridan biri «Galfood–2021» bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu xalqaro ko‘rgazmada Navoiy viloyati hokimining investisiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi Nazirjon Jo‘rayev hamda Navoiy viloyati Eksportchilar uyushmasi rahbari Sardor Gʻafforov ishtirok etyapti.

Delegasiya a’zolari viloyatda investisiya salohiyatini oshirish, oziq-ovqat mahsulotlari eksporti geografiyasini kengaytirish, bu borada xorijiy biznes vakillari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni maqsad qilishgan.

Ko‘rgazma yakunida bir qator davlatlar bilan samarali hamkorlik shartnomalari imzolanishi ko‘zda tutilmoqda.

@NAVOIY Kanali
11.4K viewsedited  13:17
Ochish/sharhlash
2021-02-24 08:00:16
15 yoshli bola sodir etgan avtohalokatda bir kishi vafot etdi

Zarafshon shahrida koʻngilsiz avtohalokat sodir boʻldi, deya xabar bermoqda Navoiy viloyati IIB YXHB axborot xizmati.

Taʼkidlanishicha, Zarafshon shahrida yashovchi, 2006-yilda tugʻilgan B.X. “Cobalt” mashinasini boshqarib borayotib, shahar chorrahalaridan birida svetoforning qizil chirogʻida harakatlangan. Oqibatda ikkinchi koʻchadan kelayotgan, fuqaro X.X. boshqaruvidagi “Lacetti” mashinasiga borib urilgan.

Avtohalokat tufayli “Lacetti” avtomashinasi yoʻlovchisi, 1995-yilda tugʻilgan M.K. voqea joyida vafot etgan. Holat yuzasidan Zarafshon shahar IIB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

@NAVOIY Kanali
11.8K views05:00
Ochish/sharhlash
2021-02-24 07:30:04
World.uz Navoiydagi 2-litsey bilan hamkorlikda o'tkaziladigan CHET ELDA TA'LIM VA TA'TIL DASTURLARI bo'yicha seminarga taklif qiladi.

25-fevral (Payshanba)

15.00-17.00
Navoiy davlat konchilik instetuti 2 - akademik litseyi
G'alaba shox 186-uy (Mo'ljal: Ucell kompaniyasi ro'parasida) - Joylashuv

Tadbir davomida:

Angliya universitetlaridan stipendiyalar

Italiyada o'qish uchun grantlar

Angliya, Avstraliya, Misr uchun ta'til dasturlari (10-24 yoshlilar uchun)

Koreyadan kelgan mehmon bilan suhbat

AQSH va Germaniyaga Work and Travel dasturlari

Qatnashish uchun
quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'ting

BONUS:
Interaktiv - firma xizmatida chegirmalar hamda Angliya universitetlari uchun stipendiyalar

Navoiy
+998 94 5000030
+998 94 4160030

WORLD.UZ

Telegram | Instagram | Tik tok | Youtube | Facebook
11.6K views04:30
Ochish/sharhlash
2021-02-23 11:06:53
19 yoshli qizni fohishalik qilishga majburlagan ayol qoʻlga olindi

Navoiy viloyatida yashovchi 29 yoshli Z.Z. tanishi, 19 yoshli R.Oʻ.ning boshpanasiz va moddiy jihatdan qiynalib qolganligidan foydalanib, uni fohishalik qilishga majburlagani maʼlum boʻldi.

Taʼkidlanishicha, ayol R.Oʻ.ga oʻzi bilan birga yashashni taklif qilib, shu yoʻl orqali uning fuqarolik pasportini qoʻlga kiritadi va oʻziga moddiy jihatdan qaram boʻladigan vaziyatni yuzaga keltiradi. Keyin esa moddiy manfaat koʻrish maqsadida uni erkaklar bilan jinsiy aloqa qilishga majburlaydi.

U Navoiy shahrida joylashgan kafelardan birida shartli mijozga R.Oʻ.ni 400 ming soʻm evaziga jinsiy aloqa qilishi uchun 3 kunga sotgan vaqtida viloyat IIB xodimlari tomonidan ushlangan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Dastlabki tergov jarayonida Z.Z. ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

@NAVOIY Kanali
12.3K viewsedited  08:06
Ochish/sharhlash
2021-02-23 11:05:36
UZTELECOM-dan qulay va arzon Internet-to'plamlarga ulaning!
Barcha viloyatlar uchun amal qiladi!
My Uzmobile USSD ilovasidan foydalanib ko'ring
12.2K views08:05
Ochish/sharhlash
2021-02-23 08:35:55
Navoiyda mashina to‘siqqa urilib, yonib ketdi. Haydovchi qutqarib qolindi

@NAVOIY Kanali
14.2K views05:35
Ochish/sharhlash