Get Mystery Box with random crypto!

Navoiyda 120 ta punktda emlash ishlari amalga oshiriladi Navo | Navoiy kanal

Navoiyda 120 ta punktda emlash ishlari amalga oshiriladi

Navoiy viloyatida 120 ta emlash punktida koronavirusga qarshi emlash ishlari amalga oshiriladi. Bu haqda Kun.uz'ga Navoiy viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik boshqarmasi vrach epidemiologi Charos Xidirova ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, viloyatdagi 8 ta shahar va tumanda vaksina saqlash uchun omborxonalar qurilib, faoliyatini boshlagan. Shuningdek, hududlardagi emlash punktlari 78 mln so‘mdan ortiq mablag‘ga vaksinalarni tashish uchun 322 ta termosumka, 71 mln so‘mga 109 ta sovutkich bilan ta’minlangan.

Kuni kecha esa Navoiy viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik boshqarmasi hamda uning shahar va tuman bo‘limlariga 11 ta maxsus avtotransport vositasi yetkazib berilgan.

Bugungi kunda viloyat bo‘yicha koronavirusga qarshi ommaviy emlash tadbirlariga tayyorgarlik jarayoni davom etmoqda.

@NAVOIY Kanali