Get Mystery Box with random crypto!

Narxi Qancha? ⚡️

Telegram kanalining logotibi narxiqancha — Narxi Qancha? ⚡️ N
Telegram kanalining logotibi narxiqancha — Narxi Qancha? ⚡️
Kanal manzili: @narxiqancha
Toifalar: Iqtisodiyot , Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 32.51K
Kanalning ta’rifi

Eng sara narxlar, iqtisodiy, moliyaviy va statistik ma'lumotlar barchasi kreativ tarzda yoritib boriladi.
Reklama & Hamkorlik 👉 @Mr_Gulomkodirov

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 5

2024-03-20 20:45:17
O‘zbekistonda davlat va xususiy korxonalarga qancha miqdorda soliq imtiyozlari berilmoqda?

O‘tgan 2023-yil davomida barcha korxonalarga jami 13,2 trln so‘mdan ortiq soliq imtiyozlari qo‘llangan.

— Ishlab chiqarishdagi soliq imtiyozlari olgan yirik soliq to‘lovchilarning aksariyati davlatga qarashli. Ular orasida “O‘zbekneftgaz” AJ (4,8 trln so‘m soliq to‘lagan), UzAutoMotors (2,5 trln so‘m soliq to‘lagan) va boshqalar bor.

— Xizmat ko‘rsatish sohasida soliq imtiyozlari miqdori 3,7 trln so‘mni tashkil etgan. Mazkur korxonalar orasida “O‘zbektelekom” AJ (1,1 trillion so‘m) va Unitel MCHJ XK (842 milliard so‘m) eng ko‘p soliq to‘lagan.

— Savdo sohasidagi soliq imtiyozlari asosan 20 korxonaga qo‘llangan. Ularning miqdori 759,1 mlrd so‘mni tashkil etgan.

— Umumiy ovqatlanishda soliq imtiyozlari 26,3 mlrd so‘m.
— O‘rta korxonalarga soliq imtiyozlari 29,1 mlrd so‘m.
— Kichik korxonalarga soliq imtiyozlari 4,1 mlrd so‘m.

@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
13.3K views17:45
Ochish/sharhlash
2024-03-18 17:46:10
Neytan Jonsning boyligi qancha?

Neytan Jons avstraliyalik aktyor, pauerlifter va professional kurashchi bo'lib, uning boyligi $2 mlnni tashkil qiladi. Natan Jons 1969 yil avgust oyida Avstraliyaning Kvinslend shtatidagi Gold Coast shahrida tug'ilgan.

1996-yilda World Strongman Challenge chempionati chempioni bo'lgan. 1995-yilda Avstraliyada kuch bilan shug'illanadigan sport turida chempion bo'lgan. World Wrestling All-Stars tasnifiga ko'ra sportchi jahon chempioni bo'lgan.

Sportchining asosiy daromadi, aktyorlik, sport va reklamadan keladi.

@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
14.6K views14:46
Ochish/sharhlash
2024-03-18 09:45:36
UzAuto Motorsning reklamasi ostidagi asl narxlar qancha?

Milliy brendimiz UzAutoMotors "Chevrolet va InfinBANK’ dan avtokreditning yangi shartlari: endi Chevrolet yanada ko'proq!" nomi ostida aksiya e'lon qildi.

Aksiya shartlariga ko'ra, Tahoe, Traverse, Equinox, Captiva, Malibu va Onix kabi modellaridan birini kreditga olish mumkin.
Shartlar:
— Boshlang’ich to’lov - 15% dan
— Foiz stavkasi - 16,99% dan
— Kredit muddati - 48 oygacha

Ko'rib, 16 foizga zo'r kredit ekanda deb xursand bo'lish hech gapmas, reklamada ko'rib turganingiz 16%lik kredit aslida mana bunday:

— 4 yillik: boshlang‘ich to‘lov 15%, foizi 23,99%;
— 3 yillik: boshlang‘ich to‘lov 30%, foizi 21,99%;
— 2,5 yil: boshlang‘ich to‘lov 50%, foizi 17,99%;
— 2 yil: boshlang‘ich to‘lov 65%, foizi 16,99%.

Birgina Onix (161 mln 900 ming so'm) so'mni 4 yilga 23,99% dan olsa. Dastlabgi to'lov 24 mln 285 ming so'm boshlong'ich to'lov bilan 4 yil 4 mln 430 984 so'm to'lashizga to'g'ri kelar ekan.

@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
13.4K viewsedited  06:45
Ochish/sharhlash
2024-03-16 15:35:41
O'zbekistonda BYD elektromobillarining narxi arzonlashmoqda

BYD elektromobillar bozorida elektr avtomobillari narxini pasaytirmoqda.

Unga ko'ra bojxona rasmiylashtiruvi bilan narxlar:
— BYD Seagull 2024 $16400;
— BYD E2 resyle 2024 $18700;
— BYD Yuan plus 2024 $25000;
— BYD Song Plus EV Champion $27900 dan $30000;
— BYD Dolphin honor $20400 dan $22500;
— BYD Han honor $29800 dan $40800;
— BYD Tang EV 2024 $38200 dan $41800;
— BYD Song L $31750 dan $40000.

So'nggi uch yil ichida O'zbekistonda elektromobillar savdosi 10 barobar oshdi, 2023 yilda avtomobillar importining 35 foizini elektr va gibrid avtomobillar tashkil etdi.

Mavzuga doir:
— Dunyodagi Top 10 avtomobil brendlari kapitalizatsiyasi
— BYD Elektromobillari narxi qancha (2023 yil avgust)?

@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
15.0K views12:35
Ochish/sharhlash
2024-03-15 07:35:23
Sobiq Tashqi ishlar vaziri o'g'lining kompaniyalari

Sobiq Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilovning o‘g‘li Daniyar Kamilov faol tadbirkorlardandir. U Rossiyaning Ural kon-metallurgiya kompaniyasining egasi ham xisoblanadi va Rossiyada ko'plab kompaniyalarda ulushlarga egalik qiladi.

Uning kompaniyasi First Premium Allianc O‘zbekistondagi eng yirik alkogol zavodini $24,5 mln (277 mlrd so'm)ga sotib olgan.

U Progressgortech-Asia (O‘zbekiston aeroportlariga aviakerosin yetkazib beruvchilarga xizmat ko‘rsatadi, O‘zbekistonning 9 ta aeroportida ishlaydi) va Metropol Group (tijorat va boshqaruv faoliyati bo‘yicha konsultatsiya berish) kompaniyalariga egalik qiladi.

DXX sobiq binosini 210 mlrd so‘mga xususiylashtirgan. Uning o‘rnida premium klassdagi Radisson mehmonxonasi ($100 mln) qurilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, O‘zbekistonda 78 ta AYOQSHga ega bo‘lgan UNG Petro kompaniyasini va Chinoz neftni qayta ishlash zavodi egasi hamdir.

Doniyor Komilov Moskvada ro‘yxatdan o‘tgan: qimmatli qog‘ozlar sohasida faoliyat yurituvchi “Selena” MChJ, moliyaviy xizmatlar sohasida faoliyat yurituvchi “Ks” MChJ, ko‘chmas mulk sohasida faoliyat olib boruvchi “Glomaks” MChJ, mashina va uskunalar ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi “VLK” MChJ va “Holding Invest” kabi bir nechta korxonalarning ham ta’sischisi bo‘lgan.

@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
14.1K viewsedited  04:35
Ochish/sharhlash
2024-03-14 09:35:34
Kaddafi davrida Liviyada oylik maoshlar qancha edi?

Muammar Kaddafi davrida Liviya ancha katta iqtisodiy taraqqiyotga erishdi. 2001—2005-yillarda Liviya inflatsiya darajasi pastligi bo‘yicha (-3,1%) Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi.

Uning davrida:
— Aholi jon boshiga YaIM $14 192;
— Oilaning har bir a'zosi uchun davlat yiliga $1000 subsidiya to'lagan;
— Ishsizlik nafaqasi $730;
— Hamshiraning maoshi $1000;
— Har bir yangi tug'ilgan chaqaloq uchun $7000 to'langan;
— Yosh oilaga uy sotib olish uchun $64000;
— Shaxsiy biznesni boshlash uchun bir martalik moddiy yordam $20 000;

Katta soliqlar va yig'imlar taqiqlanadi. Ta'lim va tibbiyot bepul, Chet elda ta'lim va amaliyot — davlat hisobidan. Dorixonalarning bir qismi dori-darmonlarni bepul tarqatish bilan. Dori — darmonlarni soxtalashtirish uchun-o'lim jazosi.
Aholi uchun elektr energiyasi uchun to'lov yo'q. Benzin suvdan arzonroq ($0,14).

@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
12.9K views06:35
Ochish/sharhlash
2024-03-09 18:26:05
O‘zbekistonda 2024-yil uchun zakot, fitr sadaqa va fidya miqdori qancha?

Ramazon oyi uchun tillo qiymatidan zakot nisobi 40 million so‘m etib belgilandi. Kimda zaruriy ehtiyojidan tashqari 40 million so‘m va undan ortiq pul mablag‘i yoki ushbu qiymatdagi savdo-tijorat moli bo‘lsa, jami mablag‘ining qirqdan birini (2,5 foizini) zakot niyatida haqdorlarga beradi.

Fitr sadaqasining miqdori quyidagicha belgilandi:
— bug‘doydan 14 000 so‘m;
— arpadan 20 000 so‘m;
— mayizdan 110 000 so‘m;
— xurmodan 180 000 so‘m.

Har kim o‘z imkoniyatiga qarab ushbu to‘rt mahsulotning xohlagan bir turidan fitr sadaqasini berishi mumkin bo‘ladi.

Fidya miqdori fitr sadaqasining miqdori bilan bir xil bo‘ladi. Har kim o‘z imkoniyatiga qarab, ushbu to‘rt mahsulotning xohlagan bir turidan fidya miqdorini ajratishi mumkin.

@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
13.7K views15:26
Ochish/sharhlash
2024-03-08 18:36:02
Gulchilarning daromadi qancha?

Odatiy kunlarda 8-10 ming so‘mga sotilayotgan atirgullarning donasi bayram arafasida 65 ming so‘mdan 100 ming so‘mgacha, 100-150 ming so‘mga sotilgan guldastalar narxi 300-350 ming so‘mgacha oshgan.

Bir dona atirgullardan o'rtacha daromad 50 ming so'mdan oshadi. Agar guldasta yasab sotilsa dromad manbayi bundan xam oshib, har bir guldastadan daromad, guldasta kattaligiga qarab 200 ming so'mdan millionlarga qarab ham ketadi.

O'rtacha chek 300 ming so'm bo'lgan gul do'konida bir kunda 20 ta atrofida gul sotilsa kunlik savdo 6 mln so'm atrofida bo'ladi va shundan 50% dan oshig'i sof daromaddir.

P/S: Yuqoridagi narxlar shaxsiy hisob-kitoblarga asoslangan.

@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
13.3K views15:36
Ochish/sharhlash
2024-03-08 12:25:32
Dunyodagi eng qimmat gullarning narxi qancha?

Dunyodagi eng qimmat gullardan biri Shenzhen Nongke orxideyasi bo'lib 2005-yilda $200 minga sotilgan ekan.

Yurtimizda bugun gullarga bo'lgan talab oshganligi sababli narxi sezilarli ko'tarilgan. 8-mart uchun 39 ta guldan tashkil topgan "Klassik aralash" guldasta narxi 5,7 mln so'm. "Ruskus" dan tayyorlangan 36 talik katta guldasta narxi 4,7 mln so'm.

Poytaxtimizdagi "Infinity roses flowers boutique" da bayram guldastalarining narxi 3 mln so'mdan boshlanar ekan.

"8-mart — Xalqaro xotin - qizlar kuni" bayrami munosabati bilan @NarxiQancha jamoasi go'zal ayol va qizlarimizni samimiy muborakbod etadi!

@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
13.4K viewsedited  09:25
Ochish/sharhlash
2024-03-07 18:11:23
Bizda va dunyoda bola nafaqasining qiymati qancha?

Yurtimizda 3 yoshgacha bo'lgan bir nafar bolaga 325 ming so'm, 3 dan 18 yoshgacha bo'lgan bir nafar bolaga 250 ming so'm, 2-farzandga qo'shimcha 150 ming so'm va 3-dan keyingi farzandlarga 100 ming so'mdan to'lanadigan nafaqa turlari mavjud.

Qo'shnimiz Qozog'istonda ushbu summa birinchi farzandga $47,6 dan boshlab, farzand ko'paysa summayam ko'payib 4-farzandan keyin $73,55 gacha chiqadi.

— Qirg'izistonda $13,42;

— Germaniyada 18 yoshgacha 204 yevro undan keyin agar bola o'qisa 25 yoshgacha saqlanib qoladi.
— Finlandiyada 1-bolaga 100 yevro, 2- farzandga 110,5 yevro uch va undan keyingilarga 131 yevro.

@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
12.7K views15:11
Ochish/sharhlash