2022-11-03 20:15:18
“Huddi GM’ga o‘xshab sifatni o‘zgartirmaysizlar-da, faqat pulni ko‘tarishni bilasizlar”
3-noyabr kuni Toshkent tibbiyot akademiyasida talabalarni kredit-modul tizimida o‘qitish bo‘yicha seminar tashkil etilgan. Unda talabalardan biri qo‘rqmagan, shartta turib juda yaxshi savollarni berib tashlagan.
“Mana hozir pul haqida gaplashdik, endi o‘quv tizimini ham gaplashsak. 9 haftadan beri mikrobni o‘tyapmiz, hech qanaqa preparat ko‘rganimiz yo‘q, anatomiyadan hech qanaqa kesma... (talabalar kursdoshini qo‘llab qarsak chaladi)
Yevropadan modul tizimini olib kiryapmiz, deyapsizlar, nimaga birinchi o‘qitish tizimini o‘zgartirmasdan pullik narsalarni olib kiryapsizlar? Huddi GM’ga o‘xshab sifatni o‘zgartirmaysizlar-da, faqat pulni ko‘tarishni bilasizlar”, deb aytgan talaba.
Bu videoni ko‘rib, eng quvontirgani shu bo‘ldiki, talaba qo‘rqmadi. O‘rnidan turdi, ilm talab qildi, sifat talab qildi. Barakalla, mana shunaqa talabalar — haqqini, ilmni talab qiladigan talabalar ko‘paysin!
@Namanganliklar_LIVE
6.8K views17:15