Get Mystery Box with random crypto!

Assalomu alaykum qadrdonlar! Kecha taniqli biznes trener Ixtiy | NAJOT NUR

Assalomu alaykum qadrdonlar! Kecha taniqli biznes trener Ixtiyor Doʻsmetovning biznes vakillari klubi 1000X uchun tashkil qilingan 1 yillik onlayn darslar doirasida notiqlik mahoratidan dars oʻtdik. Toʻgʻrisi, bu mening birinchi onlayn darsim edi. Biroz kamchiliklar ham boʻldi, koʻngil toʻlmagan joylari ham boʻldi, ammo umumiy koʻrinish ilk efir uchun yomon boʻlmadi, nazarimda. Dars tugagach anglashilmovchilik boʻlib onlayn dars linki shu kanalimizga ham tushib qoldi. Bu dars 2-fevral kuni boshlanadigan Notiqlik darslarimizdan oldin bir tayyorgarlik vazifasini ham oʻtadi, desam, yanglishmagan boʻlaman.

Umuman bu postni nimaga yozyapman, oʻzi? Gap shundaki onlayn efirlar olib borishga ishtiyoq uygʻonib qoldi. Shu sabab, bugun instagram orqali ham onlayn efir olib bordik. Shuni siz azizlar bilan ham boʻlishmoqchiman. Endi tez-tez onlayn efirlar qilib turamiz. Quyida, instagram sahifamizga yuklangan video bilan boʻlishaman:


@najotnuruz