Get Mystery Box with random crypto!

NAJOT NUR

Telegram kanalining logotibi najotnuruz — NAJOT NUR N
Telegram kanalining logotibi najotnuruz — NAJOT NUR
Kanal manzili: @najotnuruz
Toifalar: Adabiyot , Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 9.94K
Kanalning ta’rifi

•Jurnalist, teleradioboshlovchi
•Teleradioboshlovchilarni tayyorlash maktabi rahbari
•"AUDIONOMA" asoschisi
Aloqa: @najotnuradmin
Kurslarga ro’yxatdan o’tish: 998712000650

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 19

2022-09-26 11:50:06
27-sentyabr kuni notiqlik bo’yicha oflayn darslarimiz boshlanadi. Quyida ko’rsatilgan link orqali ro’yxatdan o’ting!
KURSGA YOZILISH
1.2K views08:50
Ochish/sharhlash
2022-09-24 17:40:14
Notiqlik hamma uchun emas...

Tasavvur qiling, siz vazningizni kamaytirish niyatida uyingizga faqatgina sogʼlom taomlarni, meva-yu sabzavotlarni olib keldingiz. Muzlatgichingiz ayni mahsulotlarga toʼla, lekin siz ularni isteʼmol qilmayapsiz. Balki nosogʼlom taomlanishni davom ettiryapsiz. Xoʼsh, bunda vazningiz kamayishni boshlaydimi? Аlbatta, yoʼq!

Biror bilimni egallash yoʼlida ham uni bilish bilan cheklanish mumkin emas. Mehnat qilish, bilimlarni amaliyotda qoʼllash, oʼz ustida tinimsiz ishlash, iqtidorini yuzaga chiqarishga harakat qilish lozim. Jon chekmasang, janona qayda, toqqa chiqmasang doʼlona, degan fikr ayni joyda oʼrinlidir.

Demak, siz notiq boʼlmoqchimisiz, texnikalarni oʼzlashtiribgina qolmay, balki ularni oʼzingizda sinab koʼring. Аstoydil harakat qilsangiz, yaxshi natija sizni uzoq kuttirmaydi.

+998712000650

Rasmiy sahifalarimiz najotnur.taplink.ws
989 views14:40
Ochish/sharhlash
2022-09-23 19:04:19 Diqqat e'lon

Sotuv bo‘limimiz uchun tajribali sotuv menejerlari kerak. O‘zingizni loyiq deb bilsangiz, pastdagi havola orqali ma’lumot qoldiring!

Ma'lumot qoldirish
901 viewsedited  16:04
Ochish/sharhlash
2022-09-23 18:33:11
Omma oldida his-hayajonni yengish

Hayajon aslida nimadan paydo bo‘ladi? Gapiradigan mavzusini yaxshi o‘zlashtira olmaganda, kutilmagan savollarga javob topolmay qolishdan cho‘chiganda, ommani boshqara yoki ishontira olmay qolishdan qo‘rqqanda paydo bo‘lishi mumkin. Siz hayajonni yengish uchun sahnada gapiradigan nutqingizga avvalo o‘zingiz ishoning.

O‘ziga ishonchi kuchli bo‘lgan inson hayajon va qo‘rquvni oson yengadi. Bundan tashqari, muntazam ravishda uyingizda kameraga qarab gapirishni mashq qiling. Videoyozuvlarni qayta ko‘rib, yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklarni tuzatishingiz oson bo‘ladi. Najot Nur o‘quv markazida tahsil olsangiz, bundan ham ko‘p va foydali usullarni o‘rganishingiz mumkin.

Rasmiy sahifalar najotnur.taplink.ws
1.1K views15:33
Ochish/sharhlash
2022-09-21 18:42:01
Qanday qilib ovozni yoʻgʻonlashtirish mumkin?

Musiqa bilim yurtlarida faoliyat yuritadigan vokal mutaxassislari faqatgina qo‘shiq kuylash istagidagilargagina yordam berishmaydi. Balki, ovozining baland-pastligi, yo‘g‘on-ingichkaligi yoqmagan insonlarga ham nuqsonlarni bartaraf etishga ko‘maklashadilar. Agar sizda ham shunga o‘xshash muammo bo‘lsa, albatta vokal mutaxassislariga murojaat qiling! Imkon qadar o‘zingiz bilganingizcha mashqlar bajarmang, ovoz paychalari o‘ta nozik va nafisdir. Biron noto‘g‘ri harakat bilan hatto ovozingizdan ham ayrilib qolishingiz mumkin. Xalqimiz "Chumchuq so‘ysa ham qassob so‘ysin", deb bejizga aytmagan.

Rasmiy sahifalar najotnur.taplink.ws
2.3K views15:42
Ochish/sharhlash
2022-09-18 15:01:20
Samarqand. Trening boshlanishiga 2 soat vaqt qoldi…
3.5K views12:01
Ochish/sharhlash
2022-09-18 08:54:18
Qanday qilib nafas bazasini uzaytirsh mumkin?

Notiqlik san‘ati faqat kerakli so‘zlarni chiroyli ayta olish emas. Buning uchun jismimiz ham, xususan nafas olish organlarimiz sog‘lom bo‘lishi muhimdir. O‘pkamiz qanchalik keng bo‘lsa, bir nafasda shuncha ko‘p so‘z ayta olish imkonimiz bo‘ladi.

Bu esa fikrimizni tinglovchiga to‘xtalmay yetkazib berish demakdir. Savol tug‘iladi: O‘pkamizni kengaytishning iloji bormi? Ha,bor! Qanday qilib, degan navbatdagi savolga javob topish uchun esa, mutaxassisning so‘zlariga quloq tutamiz.

Rasmiy sahifalar najotnur.taplink.ws
3.6K views05:54
Ochish/sharhlash
2022-09-16 20:04:45
Нотиқликни бизнес билан боғлаган инсонлар ҳақида

Ҳамма учун нотиқлик муҳим, лекин ҳозирги кун тадбиркорига бу кўникма сув ва ҳаводек зарур.

18 сентябрь соат 19:00да бўлиб ўтадиган маҳорат дарсида иштирок этиш учун рўйхатдан ўтинг!

Рўйхатдан ўтиш: t.me/assahih_bot

Батафсил маълумот учун: +998(66)230-00-33

Cаҳифаларимизга обуна бўлинг:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
3.5K views17:04
Ochish/sharhlash
2022-09-15 19:21:33
Xorijdan turib, notiqlik kursida o‘qisa bo‘ladimi?

Notiqlik san‘atini egallamoqchizu, ammo olis masofa bunga to‘sqinlik qilmoqdami? Xafa bo‘lishga aslo asos yo‘q! Axir professional notiq Najot Nurning online kurslari aynan siz va siz kabilar uchun tashkil qilingan. Murojaat qilasiz, kursga yozilasiz va tinglovchiga aylanasiz! Bizda hammasi oson, tez va sifatli!

Rasmiy sahifalar najotnur.taplink.ws
3.3K views16:21
Ochish/sharhlash
2022-09-13 21:33:09
Ko’pchilik eslasa kerak, “Mendirman Jaloliddin” seriali ham aynan shu “Dirilish Ertug’rul” serialini dunyoga taqdim etgan “Bozdag’ films” kinokompaniyasi bilan hamkorlikda tayyorlanmoqda. 2-sezonning tasvirga olish ishlari deyarli nihoyalanib qolgan.
4.5K viewsedited  18:33
Ochish/sharhlash