Get Mystery Box with random crypto!

​​Farzandga kitobni ona emas, ota o‘qib berishi foydalidir... | Muslima ona kundaligi

​​Farzandga kitobni ona emas, ota o‘qib berishi foydalidir...

Farzandlariga uyqudan avval kitobni ona emas, ota o‘qib bersa, bolalar yaxshiroq rivojlanadi. Ijtimoiy muhandislik yo‘nalishida tadqiqotlar olib borganHarvard universiteti vakillari shunday xulosaga kelishdi.

Ma'lum bo‘lishicha, farzandiga kitob o‘qib berayotgan ota bolaning dunyoqarashi kengayishiga yordam qiluvchi savollarni berib boradi. Natijada, uning lug‘at boyligi oshishi kuzatilgan, chunki aytilgan savollarga javob berish va suhbatni davom ettirish uchun bola yangi so‘zlarni qidirishga harakat qiladi. Kuzatishlar shunga dalolat qildiki, otalarning kitob o‘qib berishidan, ayniqsa, qizlar ko‘proq rivojlanishi ma'lum bo‘ldi.

Tadqiqot ustida ishlagan Elizabet Duursmaning aytishicha, ota farzandining 2 yoshga to‘lmasdan u bilan kitob o‘qishni boshlasa, bunday ijobiy ta'sir kuchliroq bo‘ladi.

«Erkak va ayol bu vazifaga turlicha yondashadi. Agar ayollar ko‘proq faktlar bilan bog‘liq savollar bersa (masalan, «Nechta olma ko‘ryapsan?»), otalar mavhumroq savollar beradi (masalan, «O, qara! Olma! Esingdami fermaga olma tergani borgandik?​»)», deydi Duursma.

@Yosh_onalarga_maslahatlar
@Marhabo_Karimova_sherlari
@Ayollar_uchun_retseptlar
@Muslima_ona_kundaligi
@Uddaburon_bekalar
@Foydali_tibbiyot_uz
@Homiladorlik_davri
@Dildagii_Satrlar
@Ogilmi_Qizmi
@metrikafoto
@love_ifor