Get Mystery Box with random crypto!

KRISTINA Kristina! Jonajon qoʻshnim. Baland poshna Mallasoch | MUHAMMAD YUSUF SHE'RLARI

KRISTINA

Kristina!
Jonajon qoʻshnim.
Baland poshna
Mallasoch,
Koʻrkam.
Yon qoʻshnimu, ammo mendan ham
Mushugiga mehribon qoʻshnim...

Kristina!
Qoʻshnim bir devor.
Koʻzi moviy,
Burni surnaycha.
Bitta bola,
Ikkita laycha -
Tashlab ketgan eridan yodgor.

Bu qismat,
Bu taqdiri azal -
Beva borki, hammasi goʻzal.
Kristina!
Bogʻbonsiz bogʻcha,
Changda qolgan momaqaymoqcha.

Eri bilan edim qalin doʻst,
Eri minar edi parovoz.
Qoʻllari moy ishdan qaytardi,
Ichsa biznikida yotardi.

Kristina!
Mallasoch dildor.
Viqor bilan boqishlar hay-hay...
Mening uyim toʻla bolakay,
Uning uyi toʻla jonivor.

Bizning kulba beshinchi qavat,
Mehmongaku ochiq - marhamat!
Odam sal xijolat boʻladi -
Liftdan kuchuk hidi keladi.

Muhammad Yusuf

T.me/Muhammad_Yusuf_ijodi