Get Mystery Box with random crypto!

Bepul ovqat bilan taʼminlashga qancha mablag‘ ajratildi? Frak | Insonni o'zgartirish orqali jamiyatni o'zgartiramiz!

Bepul ovqat bilan taʼminlashga qancha mablag‘ ajratildi?

Fraksiya aʼzolari Davlat dasturi ijrosini partiya maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda muhokama qilib, asosan adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni ko‘rib chiqmoqdalar.

Taʼkidlanganidek, bu yil fevraldan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bepul ovqat bilan taʼminlash tizimi joriy etildi. Jumladan, bunda Qoraqalpog‘istonda – 139 374 nafar (726 ta maktab), Xorazmda esa 134 315 nafar (549 ta maktab) o‘quvchi qamrab olindi. Buning uchun Moliya vazirligi tomonidan jami 200 mlrd so‘m pul mablag‘lari ajratildi va fevral-may oylarida mablag‘ning 100,6 mlrd so‘mi sarflandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram l Website l Facebook l Instagram l Youtube